Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

La liga, 3-tur. «Real» yana ochko yo‘qotdi

La liga, 3-tur. «Real» yana ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida "Real" o‘z maydonida "Levante"ni qabul qildi hamda, kutilmaganda, muhim ochkolardan mahrum bo‘ldi.

Bir qator muammolar va musobaqalar strategiyasidan kelib chiqib Zidan bu o‘yinda katta rotasiyaga qo‘l urdi. "Madrid"ning boshlang‘ich tarkibidan Navas, Varan, Kazemiro, Modrich, Isko, Ronaldu kabi futbolchilar o‘rin olmadi. Yangilar esa u qadar ishonchni oqlamadi.

O‘yinning 12-daqiqasida "Levante" hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ivan Lopes autdan to‘pni "Real" jarima maydonchasiga uloqtirib berdi. Ivi Lopes esa darvozabon maydonchasida to‘pni qabul qilib, so‘ngra raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun 24-25 daqiqa sarflashga majbur bo‘lishdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmagan Ramos bosh bilan zarba berdi. Darvozabon zarbani qaytardi, ammo qaytgan to‘pni Luskas Vaskes bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi — 1:1.

Mana shu holatni inobatga olmaganda mezbonlar posboni Raul Fernandes "Real"ning anchagina xavfli zarbalarini qaytarib turdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Beyl birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Raul ajoyib seyv bilan xavfni bartaraf etdi. Shuningdek, o‘yin oxirida "Levante" darvozaboni Asensio va Marselo tomonidan berilgan zarbalarni qaytargan bo‘lsa, Beyl zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan, Iskoning zarbasidan keyin to‘p ustunning o‘ziga tegdi.

Shu tariqa, "Real" Ispaniya chempionatida ketma-ket ikkinchi o‘yinda durang o‘ynamoqda. Ushbu mavsumda Zidanning rotasiyalari ish bermayapti negadir. Madridliklar 3ta turdan keyin 5 ochkoga ega bo‘lib turishibdi. E’tiborli tomoni, "Levante" ham 5 ochkoga ega.

Ispaniya La ligasi, 3-tur.
"REAL" - "LEVANTE" 1:1 (1:1)
9 sentyabr, 16.00, «Santyago Bernabeu»
Gollar: 0:1 – 12 Ivi Lopes, 1:1 – 36 Vaskes.
Real Madrid – Kasilya, Ramos, Nacho, Marselo, Teo, Lyorente (Isko, 62), Kroos, Asensio, Vaskes (Kovachich, 72), Karvaxal, Benzema (Beyl, 28).
Levante – Fernandes, Rodriges, Postigo, Tonyo, Rober, Kampanya, Lerma, Djeyson, Ivan Lopes (Pedro Lopes, 20), Alegriya (Boateng, 55), Ivi Lopes (Samu, 68).
Ogohlantirishlar: Lerma (45), Alegriya (47), Ramos (54), Boateng (60), Karvaxal (66).
Chetlatish: Marselo (89).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:54, 09.09.2017.
O'qildi: 12211 marta.
Fikrlar: 63 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик