«Milan» himoyachisi Leonardo Bonuchchi «Lasio»ga (1:4) qarshi A seriya 3-tur o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini aytdi.
«Bu mag‘lubiyat ishtiyoqimizni so‘ndirmasligi, aksincha foydali dars bo‘lmog‘i lozim.
O‘yin davomida jamoa yakdil bo‘lishi kerak, ammo penalti bizni muvozanatdan chiqardi. Biz bu kamchiliklarni bartaraf qilishimiz lozim.
O‘ylaymanki, bu tarsaki bizning foydamizga ishlaydi. Biz «Lasio»ga muammo tug‘dira olishimizga ishonmadik, natijada, birinchi goldan keyin o‘zimizni yo‘qotib qo‘ydik», – dedi Bonuchchi.