Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl

Rahmonaliyevning goli «Sabah»ga «Xapoel» ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi. Ozarbayjon klubi YECHLda o‘ynaydi!

Rahmonaliyevning goli «Sabah»ga «Xapoel» ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi. Ozarbayjon klubi YECHLda o‘ynaydi!

Baho:
+ | -

Ozarbayjonning «Sabah» klubi Chempionlar ligasi saralash bosqichi javob uchrashuvida Isroilning «Xapoel Beer-SHeva» jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etdi.

Boku shahridagi Tofiq Bahromov nomidagi stadionda o‘tgan bahsning asosiy vaqti 3:2 hisobida «Sabah» foydasiga yakunlandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob tenglashgani bois qo‘shimcha bo‘limlar o‘ynaldi.

«Xapoel» 10-daqiqada Igor Zlatanovichning goli bilan hisobni ochdi. 38-daqiqada Kristian Nvachukvu muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar Gay Mizraxi orqali yana oldinga chiqib oldi.

74-daqiqada o‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev muhim golni urib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. U 83-daqiqada almashtirildi.

Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada Tellur Mutallimov «Sabah»ning uchinchi golini urdi va bahs qo‘shimcha vaqtga qadar cho‘zildi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda Orfe Mbina 101-daqiqada, Joy-Lens Mikels esa 115-daqiqada gol urib, mezbonlarning yirik g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa, «Sabah» javob uchrashuvida 5:2 hisobida g‘alaba qozondi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:4 hisobida ustun kelib, ECHL asosiy turniriga yo‘l oldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:27, 26.08.2026.
O'qildi: 2199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик