Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Asqar Tolibjonov O‘FFda mas’uliyatli lavozimda qolishi mumkin

Asqar Tolibjonov O‘FFda mas’uliyatli lavozimda qolishi mumkin

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga, 12 sentyabrda O‘zbekiston futbol federasiyasining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu yig‘ilish davomida federasiyaga yangi rahbariyat saylanishi rejalashtirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘FF rahbariyati to‘lig‘icha iste’foga chiqmaydi. Uzoq yillar davomida Terma jamoalar markazi direktori lavozimida ishlab kelgan va ayni vaqtda O‘FF vise-prezidenti bo‘lib turgan Asqar Tolibjonov federasiyadagi faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda. Tolibjonov yangi rahbariyat davrida ham ishini davom ettirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Asqar Tolibjonov Terma jamoalar markazini boshqarish davomida ko‘p bora tanqid ostiga olingan.

U bekor qilingan o‘rtoqlik o‘yinlari va O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi rasmiy bahslar uchun chiqarilgan chiptalar olib-sotarlar qo‘liga o‘tib ketishi bilan bog‘liq vaziyatlarda muxlislar noroziligiga sababchi bo‘lgan edi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:33, 11.09.2017.
O'qildi: 8968 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик