Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 18:00 Venetsiya 1-0 Napoli
17/10 19:00 Dinamo 1-2 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 1-1 Paxtakor
17/10 19:00 Fulhem 1-0 Xall Siti
17/10 19:00 Brentford 1-2 Liverpul
17/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Ipsvich
17/10 19:15 Vilyarreal 0-0 Elche
17/10 21:00 Bolonya 1-3 Inter
17/10 21:30 Betis 2-5 Barselona
17/10 21:30 Nyukasl 0-1 Aston Villa
17/10 23:45 Roma 2-0 Jenoa
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/10 21:00 Milan - Atalanta
18/10 21:30 Malaga - Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus - Lasio
19/10 00:00 Real Madrid - Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

JCH-2018da Janubiy Koreyaga muxlislik qilamiz!

JCH-2018da Janubiy Koreyaga muxlislik qilamiz!

Baho:
+ | -

Mundialda jonajon diyorimizning madhiyasi yangrashiga yana kamida to‘rt yildan oshiq vaqt bor.

Ko‘pincha, ba’zilar Janubiy Koreya mamlakatiga qiziqishimni bilgach, xayron qoladilar, do‘stlarim esa goh-gohida ustimdan ham kulib turishadi. Ha, men koreys tili va madaniyatiga befarq emasman, biroq futbolda hech qachon o‘zimiznikilardan voz kechib Koreya tomonda bo‘lmaganman.

O‘zbekiston terma jamoasining qoniqarsiz natijasi haqida ko‘p gapirildi, ko‘pchilik murabbiyning o‘quvsizligi va federasiyaning bu masalaga befarq bo‘lganidan nolidi.

Men Samvel Babayanning shu kungacha yangragan birgina fikriga qo‘shilaman, u ham bo‘lsa: “Terma jamoaning hozirgi tarkibi tarixdagi eng kuchlisi”. Albatta, mening nazdimda ham ushbu terma jamoa ayniqsa yaqin o‘tmishdagi eng kuchli tarkibga ega edi.

Ammo, masalliq harchand sifatli bo‘lmasin oshpaz o‘quvsiz bo‘lsa, shirin taomdan umid qilish kulguli holat. Ko‘pchilikning murabbiyni almashtirish dardida yonganiga ham aynan mana shu kuchli tarkib sababchi deb o‘ylayman. Men kafolat beraman, bu yigitlar murabbiysiz ham ko‘p narsalarga qodir edilar.

Nahotki, o‘sha past saviyadagi terma jamoalarni yutib (saralashning 2-bosqichida), o‘zidan MTJ haloskorini yasab olgan kimsa O‘FFning ko‘zini shamg‘alat qila oldi. Nega, butun xalq uzoqdan ko‘rib turgan Babayan qadami ostidagi narsani uning o‘zi ko‘rib-ko‘rmaslikka oldi. Bu savollar har galgidek javobsiz qolib ketaveradi.

Bir paytlar yurtimiz futbol ishqibozlari hech kimning ta’siriga tushmaydigan, o‘z uslubi va prinsiplariga tayangan holda jamoani uzoq muddat boshqaradigan mutahassisni orzu qilishardi.

Termamizning so‘nggi murabbiyi ayni shu hislatlarni qo‘shtirnoq ichida o‘zida mujassamlashtirgan edi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Biroq, ushbu tajriba ham o‘xshamadi.

Ko‘pchilik guruhimizni va Janubiy Koreya terma jamoasini kuchsiz edi, deya baholamoqda. Biroq men ushbu fikrlarga qo‘shilmayman, Eron, Koreya, Yaponiya va Avstraliya terma jamoalari bir xil saviyaga egalar.

Narigi guruhga tushib qolgan taqdirimizda ham mana shu 13 ochkoni to‘play olardik bemalol. Agar terma jamoaga oz miqdorda bo‘lsa ham yaxshi mutahassisning “qo‘li tekkan”da bu jamoalarning istalgani bilan tengma-teng kurasha olgan bo‘lardik. To‘g‘ri aytasiz, endi bu gaplardan kimga ne foyda...

Barchani bir xil savol qiynamoqda: endi nima bo‘ladi? Milliy termamiz boshqaruvi kimga ishonib topshiriladi? Babayanning ketishini ortiqcha ehtiroslarsiz qabul qilgan ishqibozlar, yangi murabbiy kelishidan oldin “katta tozalash” bo‘lishiga umid qilmoqdalar.

Ammo hech kim o‘zbek futbolida o‘ziga hos to‘ntarilishni kutmayapti, menimcha. Men ham ertangi bo‘ladigan majlisdan kupam umid qilmayapman, lekin ana shu o‘ylarim xato bo‘lib chiqishini chin dilimdan istamoqdaman. Hammasi yaxshilikka bo‘lsin deb, O‘FFning yangi qarorini kutib qolishdan o‘zga choramiz yo‘q.

Yana mundialda boshqa terma jamoalarga muxlislik qilishga maxkummiz, jahon chempionatida jonajon diyorimizning madhiyasi yangrashiga yana kamida to‘rt yildan oshiq vaqt bor. Shaxsan men kelasi yili Rossiya maydonlarida o‘tadigan musobaqada Janubiy Koreya terma jamoasiga muxlislik qilaman.

Ko‘zlaridagi yoshni to‘xtata olmagan Odilni yupatishga uringan Son Hin Min hurmati shu jamoaga muxlislik qilaman, JCHlar tarixida Osiyo davlatlari ichida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2002 yildagi Koreya hurmati ularga ishqibozlik qilaman....

Koreyalik futbol ixlosmandlariga havas qilgan holda shu yurt terma jamoasiga omad tilab qolaman. Boshqa nima ham qilardik o‘zimizniki bo‘lmagandan keyin...

Nodirxon

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:36, 11.09.2017.
O'qildi: 11328 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик