«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri darvozabon Janluiji Buffonning ajoyib faoliyati sirini ochdi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, 39 yoshli posbon futboldan bolalarcha zavq olmoqda.
«Buffon – so‘nggi 20 yilning dunyodagi eng yaxshi darvozabonidir. Uni boshqalardan ajratib turadigan zo‘r hislati bor. Uning siri? Menimcha, bu uning aqlbovar qilmas ishtiyoqidir. U hanuzgacha yosh boladek zavqlanadi», — dedi murabbiy Football Italia xabarida.