Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/10 00:45 Roma 4-2 Kalyari
28/10 00:45 Torino 1-3 Komo
28/10 15:00 Gamba Osaka 1-1 Buriram Yunayted
28/10 15:00 Kashima Antlers 3-0 Poxang Stilers
28/10 17:15 Persib 2-0 Melburn Viktori
28/10 17:15 Kong-Vittel 0-5 Seul
28/10 18:45 Nasaf 0-1 Kuvayt SK
28/10 18:45 Gol Gohar 0-0 Arkadag'
28/10 21:00 Al-Jaziyra - Al-Muharraq
28/10 21:00 An-Nahda - Ar-Rayyan
28/10 22:30 Milan 2-4 Bolonya
28/10 22:30 Parma 0-0 Udineze
28/10 22:30 Venetsiya 0-2 Inter
28/10 23:15 Xolidiya - Al-Vahda
28/10 23:15 Al-Faysaliy - At-Ta'vun
29/10 00:45 Jenoa 2-0 Yuventus
29/10 00:45 Monsa 1-4 Napoli
29/10 22:30 Frozinone - Lechche
30/10 00:45 Fiorentina - Atalanta

OCHL. «Shangxay SIPG» va Odil Ahmedov penaltilar seriyasi orqali yarim finalga yo‘l oldi

OCHL. «Shangxay SIPG» va Odil Ahmedov penaltilar seriyasi orqali yarim finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasida yarim finalga yo‘l olgan ikkinchi jamoa nomi aniq bo‘ldi. Xitoyning "Guanjou Evargrand" va "Shangxay SIPG" jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini o‘ta qiziqarli kechdi.

Yodingizda bo‘lsa, Shangxayda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda Ahmedov jamoadoshlari 4:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Mana shunday yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qaramay, Skolari shogirdlari javob o‘yinida matonat ko‘rsatishdi. Birinchi bo‘limda 2ta, ikkinchi bo‘limda kiritilgan 2ta gol natijasida "Guanjou" asosiy vaqtni 4:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Natijada Alirizo Fag‘oniy qo‘shimcha bo‘limlar belgiladi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan mehmonlar bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Xalk olis masofadan jarima zarbasi ajoyib tarzda golga aylantirdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan mezbonlar penalti orqali hisobni 5:1 ko‘rinishga keltirishdi.

OCHL reglamentida qo‘shimcha bo‘limlarda kiritilgan gol "safardagi gol" qoidasiga kiritilmasligi bois, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob tenglashdi. Shu bois, jamoalar g‘olib nomini penaltilar seriyasida aniqlashdi.

"Guanjou"ning ilk zarbasi ustunga tegib qaytdi. Qolgan 9 futbolchi o‘z imkoniyatidan samarali foydalandi. Jumladan, Odil Ahmedov ham 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi. Penaltilar seriyasi — 4:5, "Shangxay SIPG" yarim finalda! Villash-Boash jamoasiga yarim finalda Yaponiya klubi raqiblik qiladi.

OCHL, chorak final, javob o‘yini
"GUANJOU EVERGRAND" - "SHANGXAY SIPG" - 5:1.
Asosiy vaqt - 4:0. Qo‘shimcha bo‘limlar - 1:1. Penaltilar seriyasi - 4:5
Birinchi o‘yin - 0:4

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:51, 12.09.2017.
O'qildi: 14925 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик