Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Og‘ir atletikachilarimiz Ashxobodga kuchli tarkib bilan yo‘l olmoqda

Og‘ir atletikachilarimiz Ashxobodga kuchli tarkib bilan yo‘l olmoqda

Baho:
+ | -

Turkmaniston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarining boshlanishiga 4 kun vaqt qoldi.

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston 189 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Hozirda deyarli barcha sport turlari bo‘yicha terma jamoalar musobaqa oldidan tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini yakunlab, Ashxobod safariga jo‘nab ketishga shay bo‘lib turishibdi.

E’tiborli jihati shundaki, Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari tarixida birinchi marta 64 mamlakat vakillari ishtirok etishadi. Ularning 45 tasini Osiyo davlatlari tashkil etsa, Okeaniya mintaqasidan ham 19 ta mamlakat vakillari Ashxoboddagi musobaqada o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Musobaqa dasturidan 21 ta sport turi o‘rin olgan bo‘lib, ularning 20 tasida o‘zbekistonlik sportchilar ham g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ko‘pgina sport turlarida O‘zbekiston vakillari musobaqaning asosiy favoritlari sifatida e’tirof etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi rahbariyati ham Turkmaniston poytaxtiga kuchli tarkibni yuborishga qaror qildi. Terma jamoamizning 11 kishilik tarkibida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari, Osiyo chempionlari, nufuzli xalqaro turnirlar g‘oliblari bor.

Demak, Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini quyidagi atletlarimiz himoya qilishadi:

Erkaklar terma jamoasi

-69 kg. Doston Yoqubov – Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, 2017 yilgi “Islom birdamlik o‘yinlari” va Osiyo chempionatining bronza medali sohibi,
-77 kg. Shaxzod Xudoyberganov - 2017 yilgi yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatining kumush medali sohibi,
-85 kg. Ulug‘bek Alimov – “Islom birdamlik o‘yinlari”ning kumush medali sovrindori,
-94 kg. Farxodbek Sobirov - 2017 yilgi yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati g‘olibi,
-105 kg. Ivan Yefremov – Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, 2017 yilgi “Islom birdamlik o‘yinlari” va Osiyo chempionatida kumush medali sohibi,
+105 kg. Rustam Djangabayev – Osiyo chempioni, “Islom birdamlik o‘yinlari” g‘olibi va rekordchisi.


Qizlar terma jamoasi

-48 kg. Mahliyo Tog‘oyeva - 2014 yilgi Osiyo o‘yinlari bronza medali egasi,
-58 kg. Muattar Nabiyeva - 2017 yilgi “Islom birdamlik o‘yinlari” bronza medali egasi,
-63 kg. Kumushxon Fayzullayeva - 2017 yilgi yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida oltin medal sohibi,
-75 kg. Omadoy Otaqo‘ziyeva – 2017 yilgi “Islom birdamlik o‘yinlari” va Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori,
-90 kg. Dolera Davronova - 2017 yilgi Osiyo chempionati bronza medali egasi.


Ashxobodda terma jamoamizga uch nafar mutaxassis murabbiylik qilishadi. Bular: Bahrom Abdumalikov, Bahram Mendibayev va Mahmud Tog‘oyev. O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov Turkmaniston poytaxtiga Osiyo og‘ir atletika federasiyasining vise-prezidenti sifatida tashrif buyuradi. Shuningdek, Shahrillo Sharipovich musobaqaning elit jyurilari qatorida bellashuvlarga hakamlik qiladilar.

Biz Ashxobod safariga jo‘nab ketayotgan delegasiyamizning barcha a’zolari qatorida og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoamizga ham musobaqada omad va zafarlar tilab qolamiz. Ma’lumot uchun, Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha bellashuvlar 18-25 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:43, 13.09.2017.
O'qildi: 3703 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.