Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

Bizni kutayotgan uchrashuvlar: TOP-10

Bizni kutayotgan uchrashuvlar: TOP-10

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa chempionatlarida navbatdagi turlar start oladi. «Tribuna» o‘quvchilarni Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya chempionatlaridagi asosiy to‘qnashuvlar bilan tanishtiradi.

KRISTAL PELAS – SAUTHEMPTON

16 sentyabr, 16:30
Translyasiya: Futbol TV, Match! Futbol 1

Angliyada dastlabki iste’fo ro‘y berdi. «Burgutlar» boshqaruvida Frank De Bur o‘rnini Roy Hojson egalladi. Albatta, yangi murabbiy boshchiligida jamoaning qaysi tomonga o‘zgarganini kuzatish qiyin. Xo‘sh, «Kristal Pelas» mavsumdagi ilk golini nihoyat uradimi? Asosiy savol mana shu bo‘lib turibdi.

Raqib esa, anoyi emas. Ayniqsa, kuchli himoya chizig‘iga ega. Lekin ayniqsa, gol urish bo‘yicha bu jamoaning ham muammolari bor. «Sauthempton» APLdagi so‘nggi 15 uchrashuvdan 10tasida raqib darvozasiga gol ura olmagan. Xuddi 0:0 bilan tugaydigan o‘yinga o‘xshaydi, lekin albatta, tomosha qiling.  

 

XETAFE – BARSELONA

16 sentyabr, 19:15
Translyasiya: Futbol TV

«Barselona» muxlislari yurtimizda juda ko‘p va bu o‘yinni alohida reklama qilish shart emas. Ammo Barselonada yangi uchlik shakllanib borayotgani, Rakitichning ajoyib formasi, Messining tinmay gol ura boshlagani boshqa muxlislarni ham ekranga jalb qilsa ajab emas.

«Xetafe» 2013 yildan buyon o‘z maydonida «Barselona» darvozasini ishg‘ol qila olmayapti. Ilk 3 turda 9-0 to‘plar nisbati bilan 9 ochko to‘plab, eng yaxshi startiga erishgan kataloniyaliklar seriyani davom ettira oladilarmi? 

UOTFORD – MANCHESTER SITI

(16 sentyabr, 19:00)

«Manchester Siti»ning ishtahasi ochildi. So‘nggi bir haftada ikki yirik hisobdagi g‘alabalar – «Liverpul» ustidan 5:0, «Feyenord» maydonida 4:0. Uoker va Mendi nihoyat qanotlarga hokimga aylanib, tinmay golli paslar amalga oshirishyapti, Stounz esa, umuman bombardirga aylanib ketdi.

Ochkolar bo‘yicha «Yunayted»ga yetib olgan Pep Gvardiolaning navbatdagi raqibi «Uotford» ham ushbu mavsumda hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Ayniqsa, top-klublarga qarshi o‘ynay olishlarini 1-turda «Liverpul» bilan o‘yinda ko‘rsatib ulgurishdi. Jismoniy baquvvat futbolchilardan tarkib topgan, raqibga bosim uyushtirishda benazir bo‘lgan «Uotford» maktabi «tiki-taka»ning Yevropadagi tamsilchisi bo‘lib borayotgan «Manchester Siti»ga qarshi. Qiziq bo‘lishi shubhasiz.  

 

RB LEYPSIG – BORUSSIYA M

16 sentyabr, 21:30

Translyasiya: Match! Futbol 3

O‘tgan mavsumning kashfiyot jamoasi «RB Leypsig» allaqachon o‘tgan yilgi natijalar tasodif emasligini isbotlashni boshladi – jamoa Bundesligada ishonchli tarzda o‘z ochkolarini olmoqda. «Frayburg» va «Hamburg» ustidan qozonilgan g‘alabalar 1-turdagi mag‘lubiyat tasodifligini isbotlagandek.

Menxengladbaxliklarni yengish esa har doim ham oson emas. Bundesligadagi haqiqiy kurashni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, bu o‘yinni o‘tkazib yubormang.

 

LEVANTE – VALENSIYA

16 sentyabr, 16:00

Har ikki jamoa o‘tgan uch turdayoq o‘zi haqida butun dunyoni gapirtira oldi. Ikkisi ham «Santyago Bernabeu»da hisobni ochdi va yakunda ochkoga ega bo‘ldi. «Valensiya» keyingi turda ham «Atletiko» bilan durang o‘ynab, yangi mavsumdan umidlari katta ekanini isbotladi.

Xullas, bu to‘qnashuvning derbi ekanini aytsam, boshqa sifatlarga hojat qolmaydi. 2012 yildan buyon, bu jamoalar o‘yinida mehmon jamoa g‘alaba qozona olmagan. «Valensiya» bu an’anani buza olarmikin?

 

CHELSI – ARSENAL

17 sentyabr, 17:30

Translyasiya: Futbol TV, Match! Futbol 1

Premyer-liga o‘yinlarida aksariyat hollarda «Chelsi»ning qo‘li baland kelgan. Kubok to‘qnashuvlarida esa, ikki marta superkubok, bir marta Angliya kubogi finalida Arsen Venger ishonchli g‘alabaga erisha olgan. Har qanday natijani kutish mumkin bo‘lgan to‘qnashuv.

Har ikki jamoa ham hafta o‘rtasida yevrokuboklarda ishtirok etgan bo‘lsa-da, raqiblar kuchsizroq bo‘lgani uchun murabbiylar aralash tarkib tushirish imkoniyatiga edi va jamoalarning 5-6 nafardan yetakchi futbolchilari dam oldi. Bu ham o‘yinning tetik ruhda o‘tishiga dalolat qiladi.

«Arsenal» 2011 yildan beri APL doirasidagi o‘yinda «Chelsi» maydonida ochko ololmayapti.

MANCHESTER YUNAYTED – EVERTON

17 sentyabr, 20:00

Translyasiya: Futbol TV, Match! Futbol 1

Ueyn Runi va Romelu Lukaku endi jamoalarini almashgan holda to‘qnash keladilar. Bu hujumchilardan tashqari, maydon markazida har ikki jamoaga ham begona bo‘lmagan Shnayderlin – Fellayni kurashini ham ko‘rishimiz mumkin. Pol Pogba esa, jarohati tufayli sentyabrni o‘tkazib yuboradi.

«Manchester Yunayted» chempionatda peshqadam bo‘lib, har o‘yinda o‘rtacha 3 goldan urayotgan bo‘lsa-da, o‘yin borasida muammolar borligi ko‘zga tashlanib turibdi va «Everton» mezbonlarni ancha qiynab qo‘yishi mumkin. O‘tgan yili har ikki o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan, qizig‘i, har ikki o‘yinda ham mezbon jamoa so‘nggi daqiqada penaltidan hisobni tenglashtirgan.  

«Everton» payshanba kuni «Atalanta» bilan o‘ynab kelgani Kumanga ortiqcha boshog‘rig‘i bo‘ladi. «MYU» Yevropadagi o‘z o‘yinini 2 kun oldin o‘tkazgan, demak shuncha kunga raqibidan tetikroq bo‘ladi. 

 

PSV – FEYENORD

17 sentyabr, 19:45

Niderlandiya chempionatining ikki peshqadami 5-turda o‘zaro to‘qnash keladi. Mamlakat chempioni «Feyenord» bu mavsumni ham yo‘qotishsiz davom ettirmoqda va o‘tgan 4 turda yuz foizlik natijani qo‘lga kiritdi. «PSV» esa, so‘nggi turda Herenvenda mag‘lubiyatga uchragani yetmagandek, mavsumdagi to‘purar futbolchisi Hirving Lozanoni yo‘qotdi. Hujumchi diskvalifikasiya tufayli muhim uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

«Feyenord»ning ham kayfiyati joyida deb bo‘lmaydi, jamoa YECHL guruh bosqichidagi ilk o‘yinini «Manchester Siti»ga yirik hisobda boy berdi. Yaralangan sherlar to‘qnashuvining guvohi bo‘lamiz.

 

REAL SOSYEDAD – REAL MADRID

17 sentyabr, 23:45

Translyasiya: Futbol TV

«Real» qatorasiga to‘rtinchi g‘alabasiga erishishi va «Barselona»ni ta’qib qilishda davom etishi mumkin. Shuningdek, yevrokuboklardagi yirik g‘alaba jamoaga yanada ishonch berishi shubhasiz. Gap sosyedadliklar haqida bormoqda.

Zidan shogirdlari esa, «Bernabeu»dagi 2 o‘yinda u qadar kuchli bo‘lmagan raqiblar bilan o‘yinlarda atigi 2 ochko oldi va kataloniyaliklarni oldinga qo‘yib yubordi. Endi esa, oson bo‘lmagan raqib bilan o‘yinda ochko yo‘qotish aslo mumkin emas holatda qolgan.

Bu o‘yindan keyin Ronalduning diskvaflifikasiyasi tugaydi. Lekin yana bir yetakchi futbolchi Marselo ham so‘nggi turda qizil kartochka olgan va bu o‘yinda jamoaga yordam bera olmaydi. Jarohatlangan Asensioning holati ham hali aniq emas.

Madrid jamoasi uchun yaxshigina yupanch – «Real» oxirgi besh o‘yinning hammasida bu raqibi ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan.

 

PSJ – LION

17 sentyabr, 23:59

Translyasiya: Sport TV, Match! Futbol 1

«PSJ» Fransiyaning boshqa jamoalari uchun kosmosga uchib ketdi. Fqat ochkolar yoki gollar emas, yaratilgan xavfli vaziyatlar bo‘yicha parijliklar Liga 1 da yaqqol peshqadam. Ikkinchi o‘rinda kim? Edison Kavani! Uning o‘zi ligadagi boshqa jamoalardan ko‘proq qulay vaziyatga ega bo‘lgan.

Shunday bo‘lsa ham, yaxshi afisha, yangi asrdagi Fransiya futbolining eng muvaffaqiyatli klublari to‘qnashuvi hech kimni befarq qoldirmasa kerak.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 07:10, 16.09.2017.
O'qildi: 14400 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.