Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta 4-0 Parma
25/01 19:00 Jenoa 3-2 Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl 0-2 Aston Villa
25/01 19:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas 1-3 Chelsi
25/01 20:15 Barselona 3-0 Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal 2-3 Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus 3-0 Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad 3-1 Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis
27/01 00:45 Verona - Udineze
27/01 01:00 Jirona - Xetafe
27/01 01:00 Everton - Lids

Oliy liga. "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida "Mash’al"ga yutqazdi

Oliy liga. "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida "Mash’al"ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Oliy liganing 21-turida "Qo‘qon-1912" - "Mash’al" o‘yini o‘tkazildi.

Mezbonlar tarkibida bugungi uchrashuvni jarohat sabab Javohir Sidiqov, Jalil Kimsanov va Aleksandr Merzlyakov o‘tkazib yuborishdi. Bu yo‘qotishlar esa o‘z so‘zini aytdi.

Hisob 30-daqiqada ochildi. Nikita Pavlenko himoyachilar xatosidan unumli foydalanishga muvaffaq bo‘ldi - 0:1.

36-daqiqada mehmonlar ikkinchi bor darvozani aniq nishonga olishdi. Abdullox Olimovning oshirib bergan to‘pini Xumoyun Murtazoyev boshi bilan darvozaga bexato yo‘lladi – 0:2.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida mehmonlar himoyachisi o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘l bilan to‘xtatib qoldi. Belgilangan penaltini Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirdi – 1:2.

64-daqiqada, Nikita Pavlenkoning kuchli zarbasidan so‘ng, to‘p uchinchi marta darvozadan o‘rin oldi – 1:3.

87-daqiqada Quvondiq Ro‘ziyev hisobni qisqartirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Xumoyun Murtazoyev hisobni 2:4 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Oliy liga, 21-tur
«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Mash’al» (Muborak) – 2:4 (1:2)
Gollar: Murod Xolmuhammedov 45 pen, Quvondiq Ro‘ziyev -87 - Nikita Pavlenko-30, 64, Xumoyun Murtazoyev-36, 90.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), J. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
O‘zPFL vakili: A. Inoyatov.
«Qo‘qon-1912»: 13. Aziz Ashurov, 7. Jamshid Hasanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 14. Doniyor Hasanov (4. Bahodir Akramov-46), 19. Suhrob Berdiyev (11. Andrey Sidorov-70), 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 70. Quvondiq Ro‘ziyev, 77. Murod Xolmuhammedov, 98. Xushnudbek Avilov (17. Avaz Mamatxo‘jayev-46), 99. Filip Rayevas.
Zaxira: 12. Nikita Ribkin, 25. Iqbol Malikjonov, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Oybek Rustamov.
«Mash’al»: 35. Javohir Ilyosov, 6. Sardor Abduraimov (22. Bobur Qosimov-84), 10. Xumoyun Murtazoyev, 13. Shahzod Shaymanov, 18. Abbos Shodmonov, 23. Kenja To‘rayev (19. Zohir Qo‘ziboyev-58), 27. Nikita Pavlenko, 31. Igor Timonyuk, 44. Asil Begimqulov, 55. Avaz Agaliyev, 77. Abdullox Olimov (2. Iskandar Shoyqulov-61).
Zaxira: 30. Botir Nosirov, 3. Sardor Rahmonov, 11. Tomoki Muramatsu, 90. Zafar To‘rayev.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 18:37, 16.09.2017.
O'qildi: 4558 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.