Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Oliy liga. "Navbahor" o‘z maydonida "Metallurg"ni yengdi

Oliy liga. "Navbahor" o‘z maydonida "Metallurg"ni yengdi

Baho:
+ | -

Oliy liga 21- tur bellashuvlari doirasida “Navbahor” o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qildi.

Birinchi bo‘lim biroz zerikarli ruhda o‘tdi. Sababi hujumlar soni kam tashkil qilindi, himoyachilar esa deyarli bexato harakat qilishdi.

O‘yinning ikkinchi yarmida mezbonlar tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Azizbek Turg‘unboyevning jarima maydoni ichida tepgan to‘pi raqib futbolchilaridan biriga tegib, “Metallurg” darvozasidan joy oldi - 1:0.

Goldan ruhlangan mezbonlar bekobodliklar darvozasi oldida shiddatli hujumlarni to‘xtatmadi. Bu esa 66-daqiqada o‘z samarasini berdi va Aziz Turg‘unboyev yana o‘z nomiga gol yozdirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Lekin mehmonlar 75-daqiqada Zohid Abdullayev goli evaziga hisobni qisqartirishdi. 2:1 hisobi uchrashuv oxirigacha saqlanib qoldi.

Oliy liga, 21-tur
“Navbahor” – “Metallurg” 2:1 (0:0)
Gollar: A. Turg‘unboyev (47, 66) – Z. Abdullayev (75).
16 sentyabr. Namangan. “Markaziy” o‘yingoh.
Hakamlar: A. Asimov, R. Nugmanov, B. Baxromov, A. Najafaliyev.
Nazoratchi – M. Ismoilov.
“Navbahor”: 30. Asilbek Amanov, 5. G‘iyos Komilov, 7. Oybek Qilichev (6. Oston O‘runov, 83), 9. Dilshod Jabborov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 22. Ro‘zimboy Ahmedov, 24. Sardor Azimov (18. Doniyor Usmonov, 57), 32. Jahongir Mehmonov, 44. Darko Stanoyevich, 77. Azizbek Turg‘unboyev.
“Metallurg”: 1. Zafar Safayev, 2. Abror Xusinov, 4. Hikmat Hoshimov, 8. Ayubxon No‘’monov, 11. Murodjon Toshmatov, 14. Davronbek Karimqulov, 15. Zohid Abdullayev, 17. Mirg‘iyos Suleymanov, 19. Alisher Ziyovutdinov, 22. Islombek Isoqjonov (38. Muhammadjon Sultonov, 80), 70. Jahongir Abdumo‘minov (13. Sanjar Qodirqulov, 70).
Ogohlantirishlar: M. G‘ofurov (84), G‘. Komilov (85) - J. Abdumo‘minov (14), A. No‘’monov (21), H. Hoshimov (81), S. Qodirqulov (84).
Chetlatish: A. No‘’monov (73, ikkinchi ogohlantirish).

 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:59, 16.09.2017.
O'qildi: 3825 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик