Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

AQSHda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar futbol turniri bahona Nyu-Yorkda o‘zbekcha sayl tashkil qildi

AQSHda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar futbol turniri bahona Nyu-Yorkda o‘zbekcha sayl tashkil qildi

Baho:
+ | -

AQSHning Nyu-York shahrida futbol boyicha Mustaqillik Kubogi—2017 musobaqasi ikkinchi bor tashkil etildi.

Turnirning ochilish marosimida O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi vise-konsuli Ulug‘bek Asqarov, Turkiston—Amerika uyushmasi prezidenti Abdulla Xo‘ja, Nyu-Yorkda chop etiladigan Bukharian Times gazetasi bosh muharriri Rafael Nektalov hamda musobaqa bosh homiysi Roadtex LTL kompaniyasi direktori Aziz Mamayev ishtirok etdi, deb xabar berdi tashkilotchilardan biri San’at Sharipov.

Musobaqada AQSHning olti shtatidan 10 ta jamoa ishtirok etdi. Ular 5 tadan ikki guruhga bo‘lingan holda asosiy sovrin uchun kurash olib bordi. Har bir guruhdan 2 tadan jamoa play-off bosqichiga yo‘llanma oldi.

Turnir finalida Nyu-Yorkning «Paxtakor» hamda Pensilvaniya shtatining «Do‘stlik» jamoalari to‘qnash keldi. Bellashuvda maydon egalari hisoblangan «Paxtakor» jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, qatorasiga ikkinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin «Kanzas Siti»ga nasib qildi.

Musobaqada eng yaxshi darvozabon, eng yaxshi himoyachi hamda to‘purar uchun sovrinlar ham topshirildi. Ularga homiylar tomonidan kompyuter va pochta xizmatidan bepul foydalanish vaucherlari sovg‘a qilindi.

Turnir keyinroq o‘zbekcha saylga aylanib etdi. Uni tomosha qilish uchun o‘zbekistonliklarning AQSHda birga istiqomat qiladigan oila-a’zolari ham tashrif buyurgandi. Bolalar uchun masharaboz va sehrgarlar ishtirokidagi qiziqarli tomoshalar, Bouncy House, homiy «Lazzat» restorani tomonidan tayyorlangan milliy taomlar, katta qozonda damlangan to‘y oshi okean ortida istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar ko‘nglini ko‘tardi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:12, 18.09.2017.
O'qildi: 3875 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.