Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Oliy liga. “Metallurg” – “Qo‘qon 1912” (prevyu)

Oliy liga. “Metallurg” – “Qo‘qon 1912” (prevyu)

Baho:
+ | -
Mamlakatimizning tarixiy shaharlaridan biri bo‘lgan Qo‘qon jamoasi bilan bekobodliklar milliy chempionatlarimiz doirasida 15 bora to‘qnash kelishgan.   Mazkur uchrashuvlarning 5 tasida Toshkent viloyati vakillarining qo‘li baland kelgan bo‘lsa, ikkita o‘yinda durang natija qayd etilgan. Sakkizta o‘yinda esa vodiylik futbolchilar muvaffaqiyat qozonishgan. “Metallurg” raqiblari darvozasiga 21 ta gol kiritib, o‘z darvozasidan 27 gol o‘tkazib yuborgan.   “Metallurg”ning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 2000 yilgi chempionatda kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda bekobodliklar “Temiryo‘lchi”ni 6:1 hisobida dog‘da qoldirgandi. Qo‘qonliklarning yirik g‘alabasi 5:1 va 4:0 hisoblarida ko‘rinish olgan.   Jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan yettita o‘yinida besh marta mezbonlar zafar quchishgan bo‘lishsa, bitta o‘yinda durang natija qayd etilgan. Bir marta esa omad mehmonlarga kulib boqqan. Mazkur uchrashuvlarda “Metallurg” 17, “Qo‘qon 1912” jamoasi 26 ochkoga ega bo‘lgan. Bu yilgi mavsumning birinchi davrasida qo‘qonliklar o‘z maydonlarida “Metallurg” darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritgan.   Quyida ushbu jamoalarning Bekobodda bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlari natijalari bilan tanishing: 30.04.2016                 Metallurg     –          Qo‘qon 1912               3:1 06.06.2015                 Metallurg     –          Qo‘qon 1912               2:1 14.05.2003                 Metallurg     –          Qo‘qon 1912               3:1 23.03.2002                 Metallurg     –          Qo‘qon 1912               0:2 20.09.2000                 Metallurg     –          Temiryo‘lchi              6:1 18.04.1999                 Metallurg     –          Temiryo‘lchi              2:0 29.05.1998                 Metallurg     –          Temiryo‘lchi              1:1   Raqib haqida   “Qo‘qon 1912” jamoasi tarixi o‘zbek futboli tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Jamoaga o‘tgan asrda – 1912 yilda asos solingan. Jamoa turli yillarda “Mehnat”, “Avtomobilchi” nomlari bilan musobaqalarda qatnashib kelgan. Mustaqil chempionatlarimizda esa 1992 – 2001 yillar oralig‘ida oliy liga bahslarida “Temiryo‘lchi” nomi ostida ishtirok etgan. O‘zbekiston kubogining birinchi finalchisi. 2002 yildan quyi ligaga tushib ketdi va “Qo‘qon” (2002-2008), “Bunyodkor-Qo‘qon” (2009-2011) nomlari ostida kuchlilar safiga qaytishga harakat qildi. 2012 yildan “Qo‘qon 1912” nomini olgan jamoa 2015 yildan yana oliy ligada ishtirok etib kelayapti. Shu yillar davomida “Qo‘qon 1912” jamoasi oliy ligada 361 ta uchrashuv o‘tkazdi. Shulardan 132 tasida g‘alaba qozondi, 49 uchrashuvda durang o‘ynadi, 180 o‘yinda imkoniyatni boy berdi. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati – 492:681.   Uchrashuv hakamlari to‘g‘risida   Mazkur jamoalarning bu yilgi to‘qnashuvini poytaxtlik hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Bosh hakam Viktor Serazetdinovga qanotlarda Andrey Sidorov va Doniyor Saylalovlar yordam berishadi. Zahira hakami Naim Qosimov, Qarshi shahridan. Nazoratchi hakam Baxtiyor Tog‘ayev.     «Metallurg» (Bekobod) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)
Hakamlar: 
V. Serazetdinov (Toshkent), A. Sidorov(Toshkent), D. Saylalov(Toshkent), N. Qosimov(Qarshi)
Nazoratchi: B. Togayev(Toshkent).
O‘zPFL vakili: V. Letkin.
Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 10:39, 19.09.2017.
O'qildi: 2457 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.