Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted 4-0 Sabah
10/09 23:59 Bavariya 5-0 Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo 4-1 RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya 2-3 Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

UYEFA Millatlar ligasi musobaqasini taqdim qildi

UYEFA Millatlar ligasi musobaqasini taqdim qildi

Baho:
+ | -

UYEFA terma jamoalar o‘rtasidagi butunlay boshqacha – liga formatidagi musobaqa – Millatlar ligasini taqdim qildi.

Musobaqa formati aksariyat milliy chempionatlarni eslatib yuboradi: UYEFAga a’zo 55 mamlakat terma jamoasi 2018 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidagi ishtiroki yakunlari bo‘yicha beriladigan koeffisiyentlar reytingiga qarab 4 ta, A-B-C-D divizionlariga bo‘linadi. Bu reyting 2017 yil 15 noyabrda e’lon qilinadi.

A divizionida reytingdagi dastlabki 12 o‘rinni egallagan terma jamoa qatnashsa, keyingi 12 terma jamoa B guruhidan o‘rin oladi. Keyingi o‘rinlardagi 15 terma jamoa C guruhida, qolgan 16 terma jamoa esa D guruhida ishtirok etadi. A va B divizionlarning har birida 3 tadan jamoa bo‘lgan 4 ta guruhga bo‘linadi. C divizonida bitta 3 jamoali va 3 ta 4 jamoali guruh bo‘ladi, D divizionidagi 4 ta guruhda esa 4 tadan jamoa qatnashadi.

Divizionlarning yakuniy ko‘rinishi 2018 yilgi Jahon chempionatiga saralash bosqichi o‘yinlari yakunlangach, 2017 yil noyabr oyida e’lon qilinadigan reytingga asoslanadi.

2020 yil mart oyida o‘tkaziladigan pley-off o‘yinlari orqali to‘rttala diviziondan bittadan jamoaga Yevro-2020da ishtirok etish imkoniyati kafolatlanadi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:04, 21.09.2017.
O'qildi: 9002 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик