Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Bugun "Lokomotiv" o‘z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi

Bugun "Lokomotiv" o‘z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi

Baho:
+ | -

Oliy Liganing 22-tur uchrashuvlari doirasidagi markaziy o‘yin poytaxtimizdagi “Lokomotiv” stadionida o‘tadi.

Unda O‘zbekistonning amaldagi chempioni hamda mamlakat kubogi sohibi, qolaversa, ayni damda milliy chempionatimiz musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turgan – “Lokomotiv” Toshkentning yana bir jamoasi – “Paxtakor”ni sinovdan o‘tkazadi.

O‘zbek futboli jamoatchiligi diqqat markazida bo‘lib turgan ushbu qarama-qarshilikni tajribali FIFA referisi – Vladislav Seytlin boshqarib boradi.

Oliy Liga, 22-tur. 21 sentyabr (payshanba)
«LOKOMOTIV» (TOSHKENT) – «PAXTAKOR» (TOSHKENT)
Hakamlar: V. Seytlin (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), J. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
PFL vakili: N. Lutfulin.

“Lokomotiv” bu safar ham “Paxtakor”ni mag‘lub etishga urinadi

Joriy yilgi mavsumni anchagina ko‘tarinki ruhda o‘tkazayotgan “temiryo‘lchilar” jamoasi birinchi davrada “Paxtakor”ni safarda mag‘lub etishni uddalagan edi. Yodingizda bo‘lsa, jamoamiz 7-tur o‘yinlari doirasida “Paxtakor” mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida zafar quchgandi. O‘sha uchrashuvda “Loko”ning har ikkala goliga milliy chempionatimiz to‘purari Marat Bikmayev mualliflik qilgandi.

O‘zaro o‘yinlar tarixi haqida

Qayd etish joizki, “Lokomotiv” hamda “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar soni 25tani tashkil etadi. Oliy Liga doirasida o‘tkazilgan ushbu o‘yinlarning 16tasida “sherlar” jamoasi, 4tasida “Loko” futbolchilari g‘alaba qozonishgan. Yana 5ta bellashuv esa durang bilan yakunlangan.

Ta’kidlash joizki, “Lokomotiv” “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘lgan o‘yinlarning aksariyatida “temiryo‘lchilar” hali chempionatimizning o‘rtamiyona jamoalari qatorida e’tirof etilar edi. Ammo so‘nggi yillarga kelib “Lokomotiv” o‘rtamiyona jamoalar qatoridan mamlakatimiz futbolining grandi darajasiga ko‘tarila oldi hamda hozirda ham chempionat jadvalini boshqarib bormoqda.

Jamoalarning so‘nggi 5 uchrashuvi:

“Paxtakor” – “Lokomotiv” 1:2 (Oliy Liga-2017. 1-davra)
“Paxtakor” – “Lokomotiv” 2:1 (Oliy Liga-2016. 2-davra)

“Lokomotiv” – “Paxtakor” 1:0 (Oliy Liga-2016. 1-davra)

“Paxtakor” – “Lokomotiv” 2:1 (Oliy Liga-2015. 2-davra)

“Lokomotiv” – “Paxtakor” 2:1 (Oliy Liga-2015. 1-davra)

 

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 12:12, 21.09.2017.
O'qildi: 4559 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.