Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/05 19:00 Bunyodkor 3-2 Lokomotiv
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina

Oliy liga. “Qizilqum” – “Olmaliq” (prevyu)

Oliy liga. “Qizilqum” – “Olmaliq” (prevyu)

Baho:
+ | -

Oliy liganing 22-turida “Qizilqum” o‘z maydonida “Olmaliq” bilan kuch sinashadi.

Bu jamoalar milliy chempionatlarimiz tarixida hozirgacha o‘n to‘qqiz marotaba o‘zaro kuch sinashgan. Shulardan sakkiztasida navoiyliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana sakkizta bahs “Olmaliq” foydasiga yakunlangan. Qolgan uch uchrashuvda esa durang qayd qilingan.
To‘plar nisbati bo‘yicha hozircha olmaliqliklar oldinda — 28:31.

O‘tgan yili jamoamiz o‘z tarixida ilk marta safarda “Olmaliq”ni mag‘lub etishga erishgan. Umuman olganda so‘nggi to‘rt uchrashuvda “Qizilqum” “Olmaliq”qa mag‘lub bo‘lmay kelmoqda.
Ayni paytda “Olmaliq” 31 ochko bilan 9-pog‘onada borayotgan bo‘lsa, “Qizilqum” 26 ochko bilan 11-pog‘onani egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum”- “Olmaliq” uchrashuvi bugun, 22 sentyabr kuni Yoshlar sport majmuasi stadionida soat 18:30 da boshlanadi.

O‘ZARO UCHRASHUVLAR TARIXI:

2008 yil
2008 yil 19 arel. “Qizilqum” — OTMK — 2:0
2008 yil 25 oktyabr. OTMK — “Qizilqum” — 2:0

2009 yil
2009 yil 11 aprel. “Qizilqum” — “Olmaliq” — 0:1
2009 yil 17 oktyabr. “Olmaliq” — “Qizilqum” — 2:0

2010 yil
2010 yil 22 may. “Qizilqum” — “Olmaliq” — 1:0
2010 yil 21 avgust. “Olmaliq” — “Qizilqum” — 5:1

2011 yil
2011 yil 27 iyun. “Qizilqum” — “Olmaliq” — 3:3
2011 yil 31 iyul. “Olmaliq” — “Qizilqum” — 2:1

2012 yil
2012 yil 22 aprel. “Olmaliq” — “Qizilqum” — 2:2
2012 yil 6 oktyabr. “Qizilqum” — “Olmaliq” — 2:1

2013 yil
2013 yil 9 mart. “Olmaliq” — “Qizilqum” — 2:1
2013 yil 3 noyabr. “Qizilqum” — “Olmaliq” — 4:2

2014 yil
2014 yil 26 aprel. “Olmaliq” — “Qizilqum” — 1:0
2014 yil 12 sentyabr. “Qizilqum” — “Olmaliq” — 3:2

2015 yil
2015 yil 2 may. “Olmaliq” — “Qizilqum” — 2:0
2015 yil 19 sentyabr. “Qizilqum” — “Olmaliq” — 3:1

2016 yil.
“Qizilqum” – “Olmaliq” 2:1
“Olmaliq” – “Qizilqum” 2:3
2017 yil.
“Olmaliq” – “Qizilqum” 0:0
“Qizilqum” – “Olmaliq” ?:?

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 17:09, 22.09.2017.
O'qildi: 2912 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.