Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bokschi Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Bokschi Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bugun professional bokschimiz, Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov o‘zining uchinchi g‘alabasiga erishdi.

Mashhur promouter Bob Arumga tegishli Top Rank promouterlik kompaniyasi mijozi bo‘lgan hamyurtimiz AQSHning Arizona shtati Tuson shahrida meksikalik Viktor Rosasni 80:72, 80:72, 80:72 hisobida mag‘lub etdi.

E’tiborlisi, G‘oibnazarovning navbatdagi jangi qachon, qayerda va xatto kimga qarshi o‘tkazilishi ham ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, bokschimiz 9 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi o‘z bag‘riga 5 500 tomoshabinni sig‘dira oluvchi muhtasham Madison Square Garden arenasida ringga ko‘tariladi.

Fazliddinning professional ringdagi to‘rtinchi raqibi meksikalik Aleksis Del Boske bo‘ladi. 22 yoshli Boske faoliyati davomida 17 ta jang o‘tkazib, shularning 13 tasida g‘alabaga erishgan. To‘qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. To‘rt bor mag‘lub bo‘lgan. Bitta jangda nokautga uchragan.

Ko‘rinib turibdiki, G‘oibnazarovning raqibi ancha jiddiy bokschi. U so‘nggi bor shu yilning 30 iyun kuni jang o‘tkazgan va amerikalik Ramo Assensioni nokautga uchratgan edi.

Ma’lumot uchun, 9 dekabr kungi boks oqshomining markaziy jangi Vasiliy Lomachenko ishtirokida o‘tkaziladi. Ukrainalik 29 yoshli bokschi kubalik 36 yoshli Gilyermo Rigondoga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang birinchi yengil vazn (59 kg) toifasida o‘tkazilib, o‘rtaga Lomachenkoga tegishli WBO chempionlik kamari qo‘yiladi.

Manba: uzbekistan24.uz
Kiritildi: 11:47, 23.09.2017.
O'qildi: 10223 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик