Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Kurashchilar O‘zbekiston delegasiyasini Osiyo o‘yinlarida peshqadamlar safiga qaytarishdi

Kurashchilar O‘zbekiston delegasiyasini Osiyo o‘yinlarida peshqadamlar safiga qaytarishdi

Baho:
+ | -

Ashxobodda davom etayotgan Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarida 22 sentyabr kuni o‘zbek kurashi bo‘yicha musobaqalar hamyurtlarimizga ulkan zafar keltirdi. Oltita vazn toifasida o‘tkazilgan bellashuvlarda besh sportchimiz finalga chiqdi va raqiblarini yengib chempion unvoniga sazovor bo‘ldi.

Qashqadaryolik Shuhratjon Arslonov (-90kg vazn toifasida) va Ilhom Jo‘rayev (-100kg) finalda mos ravishda eronlik raqiblari Muqaddam Zamoniy hamda Nekbin Mo‘jtabani dog‘da qoldirib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Surxondaryo vakili Muhsin Hisomiddinov (+100kg) ham eronlik polvon Rustami Kamronga imkon bermadi va oltin medal sohibiga aylandi.

Qizlar musobaqasida finalga ikki vakilamiz yetib keldi. Surxondaryolik Gulnor Sulaymonova (-52kg) hal qiluvchi bellashuvda O‘yinlar mezboni turkmanistonlik Sayyora Erisova ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z vaznida eng kuchli ekanini isbotladi.

Xorazmlik Dildora Shermetova (-57kg) tailandlik raqibasi Narkkarach Prapathipni final uchrashuvida mag‘lub etib oltin medal bilan taqdirlandi. Kurash bo‘yicha musobaqalarni kuzatar ekanmiz, yigitlarimizdagi bosiqlik va o‘z kuchiga ishonchni, qizlarimizning tezkorlik va texnik mahorat bobida ustunligini alohida ta’kidlashimiz darkor.

Milliy sportimiz bo‘yicha o‘tkazilgan bahslar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta oltin va bitta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Qolaversa kurashchilarimiz butun delegasiyamizning musobaqada muvaffaqiyatli odimlashida katta hissa qo‘shishdi. Zero aynan polvonlarimizning zafarli yurishidan so‘ng terma jamoamiz peshqadamlar safiga qaytdi.

Belbog‘li kurash ustalarining navbatdagi bahslari bel olishning erkin usulida o‘tkazildi. Biznikilar avvalgi kunlari ko‘plab g‘alabalari bilan xursand qilishgani bois, bu safar ham ulardan medallar kutganimiz bejiz bo‘lib chiqmadi. Farg‘onalik Manzuraoy Mo‘ydinova (-55kg) to‘rt marta gilamga ko‘tarildi va har gal raqibalarini taslim qilishga erishdi. Finalda turkmanistonlik Merjin Inatullayevani mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Abdurasul Habibullayev (-60 kg), Eldor Ne’matov (-80kg), Obidali Mavlonov (-90 kg), Sherzodjon Rahimov (+100kg), shuningdek, Gulmira Ismatova (-70kg) va Shahodat Sheraliyeva (-75kg) final ostonasida to‘xtab, bronza medali bilan taqdirlanishdi.

50 metrga erkin usulda suzish musobaqasida Xurshidjon Tursunov saralashda o‘z guruhida marraga birinchi bo‘lib keldi. Finalda esa 22.04 soniya natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medal sohibiga aylandi.

Og‘ir atletika bo‘yicha Ulug‘bek Alimov (-85kg) chempionlik uchun oxirigacha kurashdi. “Ashxobod 2017” musobaqasida delegasiyamiz bayroqdori dast ko‘tarishda 164 kg, siltab ko‘tarishda 200 kg, ikki mashq yakunida 364 kg natija bilan kumush medalini qo‘lga kiritdi.

- Men terma jamoamizga oltin medal keltirmoqchi edim, Afsuski, bu safar iroqlik raqibim 1 kilogramm og‘irlik evaziga g‘alabani olib qo‘ydi. Kelgusi turnirlarga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rib, albatta kuchli ekanimni isbotlayman, - dedi musobaqadan so‘ng Ulug‘bek.

Darhaqiqat, iroqlik sportchi bu safar o‘z natijalarini sezilarli yaxshilashga erishdi va chempionlik unvoniga loyiq ekanini isbotladi. Kutilmagan, lekin o‘ta quvonchli g‘alabadan so‘ng atlet va uning keksa ustozi ko‘zidagi yoshlarni ko‘rib, katta sportdagi muvaffaqiyatlar qadrini yana bir bor his qilish mumkin.

Tennis kortlarida shu kuni vakillarimiz g‘olibona yurishni davom ettirishdi. Sanjar Fayziyev erkaklar turnirida navbatdagi g‘alabaga erishdi. Keyinroq Arina Fols bilan birgalikda aralash juftliklar musobaqasining yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Farruh Do‘stov erkaklar musobaqasida yarim finalga chiqib ulgurganini eslatib o‘tsak, tennisda ham medallardan umidimiz bor.

Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi medallar sifati bo‘yicha 3-o‘rinda bormoqda, medallar soni bo‘yicha esa delegasiyamiz 2-o‘rinni egallab turibdi. Sportchilarimiz hozircha 16 oltin, 19 kumush, 43 bronza - jami 78 medal bilan taqdirlanishdi. Musobaqalar davom etmoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:58, 23.09.2017.
O'qildi: 4863 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.