Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Katta kurashlarga shay angliyalik o‘spirinni taniysizmi?

Katta kurashlarga shay angliyalik o‘spirinni taniysizmi?

Baho:
+ | -

Chempionshipdagi ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lishdan tashqari, Yevropa chempionligini ham nishonlashga ulgurgan 17 yoshli Rayan Sessenyonni yaqinroq tanishtirish maqsadida alohida maqola tayyorladik.

Agar bu yigitcha hozir Rossiyada yashaganida, JCH-2018 o‘tkazilayotgan pallada davlat imtihonlarini topshirayotgan bo‘lardi. U may oyida 17 yoshni qarshiladi, ammo 16 yasharligidayoq dovruq qozonishga ulgurgandi.

«Fulxem» asosiy tarkibida «Leyton Oriyent»ga qarshi Angliya kubogi bahsida debyutini nishonladi, bir haftadan keyin esa chempionshipda ham maydonga tushib, «Lids»ning o‘ng qanotidagi o‘yinchilarga tinchlik bermadi.

Oradan to‘rt kun o‘tib esa kattalar futbolidagi ilk golini «Kardiff» jamoasi darvozasiga yo‘lladi. Avvallari «Fulxem»ning hech bir tarbiyalanuvchisi bu qadar tez rivojlanishga erishmagani aniq, zero Sessenyon to‘p kiritish orqali ikkita rekordni qayd etgandi.

U nafaqat chempionship, balki Angliyadagi boshqa professional ligalarda eng yosh gol muallifiga aylangandi.

«Rayanning harakatlarini kuzatdim. Unda yangi Eshli Koulga aylanish uchun hamma narsa mujassam». «Bu - yangi Beyl», - angliyalik ekspertlar Rayanga xuddi shunday ta’rif berishmoqda.

Sessenyon o‘z o‘yini bilan nafaqat APLni tark etganidan so‘ng deyarli unutilgan «Fulxem»ga nisbatan qiziqishni orttirdi, balki chempionship reytingining oshishiga sababchi bo‘ldi.

U bir vaqt-lari «PSJ»da porlagan Stefan Sessenyonga qarindosh. Rayanning chap qanotda bajarayotgan ishi haqiqatan ajablanarli. O‘tgan mavsum uning hatto professional shartnomasi ham yo‘q edi, shunga qaramay, haqiqiy yetakchilarga xos tarzda to‘p surgandi.

Sessenyon universal futbolchi - ham himoya, ham hujumga birdek ulguradi. Burchak zarbalarini aniq ijro etadi, chap oyog‘ida qoyilmaqom zarbalar yo‘llaydi. Driblingi ham chakkimas - raqiblarini ajoyib tezligi va chaqqon harakatlari evaziga aldab o‘tadi.

Gap mudofaa chizig‘i vakili haqida ketayotganini unutmaslik lozim. Shunday ekan, himoyadagi ustunliklarini ham sanab o‘tish maqsadga muvofiq.

To‘g‘ri, Sessenyon hali zallarda ko‘p mashg‘ulot o‘tamagan, shu bois jismonan yetuk emasligi to‘pni olib qo‘yish chog‘ida pand beradi. Ammo bu kamchiligidan aslo o‘kinmaydi, ajoyib «podkat»lar yordamida aybini yuvishga intiladi.

Axir Rayanni terma jamoaga chaqirishgani bejiz emas, aks holda Britaniya matbuotida u haqda bu qadar ko‘p ma’lumotlar tarqalmasdi. Aniqrog‘i, DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 01:35, 29.09.2017.
O'qildi: 4172 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.