Xabaringiz bor, yozgi transferlar mavsumi bir-biridan qiziq voqealarga boy tarzda o‘tdi. Quyidagi maqola ana shu oldi-sotdilar vaqtida faollik ko‘rsatgan klublar haqida.
«YUVENTUS»
Sarfladi - 149,2 mln. yevro
Ishladi - 123,9 mln. yevro
Kelganlar: Federiko Bernardeski, Xuan Kuadrado, Blez Matyuidi, Mehdi Benatia, Voysex Shensni, Mattia De Shilyo, Rodrigo Bentankur, Dario Del Fabro, Mateus Pereyra, Ferdinando Del Sole, Duglas Kosta (ijara), Benedikt Xyovedes (ijara).
Ketganlar: Leonardo Bonuchchi, Kingsli Koman, Mario Lemina, Simone Zaza, Filippo Romanya, Franchesko Kassata, Neto, Simone Gans, Kristian Paskuato, Lorenzo Rozzeti, Yunes Bnu-Marzuq, Vikintas Slivka.
Bir qarashda yozgi transferlar mavsumi «Yuventus» uchun omadsiz o‘tgandek: Dani Alvesni yo‘qotishdi, Bonuchchini prinsipial raqibga sotishdi va juda ko‘p pul sarflashdi. Biroq bu fikr noto‘g‘ri bo‘lishi ham mumkin. Birinchidan, «Yuve» deyarli har bir chizig‘ini kuchaytirdi. Kyellini va Barzali endi yosh futbolchilar emas. Shuning uchun mudofaani kuchaytirish qarori o‘zini oqlashi mumkin. Masalan, «Keksa sinyora» «Bavariya»dan tajribali Mehdi Benatiyani sotib oldi.
Maydon markazini mustahkamlash maqsadida esa «PSJ»dan Blez Matyuidi xarid qilindi. Ikkinchidan, «Yuventus» juda yaxshi pul ishlab topdi: jamoa 12 nafar futbolchisini sotish orqali o‘z g‘aznasiga 120 millionni qo‘shib qo‘ydi. Uchinchidan, turinliklar bir mavsumlik ijara kelishuvi asosida ikki ajoyib futbolchini o‘z saflariga qo‘shib olishdi.
Ularning ikkisi ham Germaniya chempionatidan. «Bavariya»dan mukammal zarbalarga ega, ajoyib texnika sohibi Duglas Kosta xarid qilindi. Benedikt Xyovedes esa «Shalke-04» jamoasidan ijaraga olindi. Xyovedes o‘tgan mavsum raqibdan to‘p olib qo‘yish bo‘yicha bundesliganing eng yaxshi futbolchisiga aylangandi. Xullas, kimdir «Yuventus»ni kuchsiz deb hisoblasa, xato qiladi.
«BAVARIYA»
Sarfladi - 103,5 mln. yevro
Ishladi - 32,5 mln. yevro
Kelganlar: Korenten Tolisso, Kingsli Koman, Niklas Zyule, Serj Gnabri, Sebastyan Rudi, Xames Rodriges (ijara).
Ketganlar: Mehdi Benatia, Janluka Gaudino, Xolger Badshtuber, Renatu Sanshesh (ijara), Duglas Kosta (ijara).
Myunxen klubi katta transferlarni amalga oshirmay qo‘yganiga ancha bo‘ldi. Endilikda «Bavariya» tarkibini Germaniyaning yosh iqtidor sohiblari va ko‘plab imkoniyatlarga ega futbolchilar bilan to‘ldirmoqda. Bundesliganing eng nomdor klubi bu yozda o‘zining transfer rekordini yangiladi. Korenten Tolisso 41,5 million yevro evaziga sotib olindi. Konfederasiyalar kubogi-2017 g‘olibi Niklas Zyuleni esa 20 million yevroga xarid qildi. Germaniya terma jamoasining yana bir futbolchisi Sebastyan Rudining transferiga alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Iqtidorli yarim himoyachining turli pozisiyalarda samarali harakat qila olishi myunxenliklarga qo‘l kelishi mumkin. Eng muhimi, «Bavariya» mazkur futbolchini tekinga qo‘lga kiritdi. Agar sotib yuborilganlar haqida gapiradigan bo‘lsak, myunxenliklar asosiy futbolchilaridan ayrilishgani yo‘q. Asosan kam o‘yin amaliyotiga ega o‘yinchilar ijaraga berib yuborildi.
«Manchester Yunayted»