Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

A Seriya. «Milan» bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, «Sassuolo»ga mag‘lub bo‘ldi

A Seriya. «Milan» bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, «Sassuolo»ga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Milan» klubi Italiya A Seriyasining 35-turi doirasida safarda «Sassuolo» mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Domeniko Berardi hisobni ochdi. 47-daqiqada esa Arman Loryente «Sassuolo»ning ikkinchi golini urdi.

Mehmonlar o‘yinning katta qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishdi — 24-daqiqada Fikayo Tomori ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

Bu mag‘lubiyatga qaramay, «Milan» (67 ochko) A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinda qolmoqda. «Sassuolo» esa 49 ochko bilan jadvalning to‘qqizinchi pog‘onasiga ko‘tarilib oldi.

Kiritildi: 20:06, 03.05.2026.
O'qildi: 1302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик