“Nissa” klubi hujumchisi Mario Balotelli Fransiya chempionatining 8-turi doirasida “Marsel”ga qarshi uchrashuvda gol muallifiga aylandi.
Gap shundaki, 27 yoshli italiyalik hujumchi o‘zining oxirgi o‘tkazgan to‘rtta o‘yinida raqiblar darvozasiga beshta gol urishga erishdi.
Hozirda o‘yinda tanaffus. 2:3 hisobida “Marsel” hisobda oldinda bormoqda.