"Bavariya" klubining bosh murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar ko‘paymoqda.
FootMercato xabariga ko‘ra, myunxenliklar rahbariyati gollandiyalik mutaxassis Lui Van Gaal va "Nissa" ustozi Lyusyen Favr nomzodlarini o‘rganib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, van Gaal 2009-2011 yillarda "Bavariya"da ishlagan edi.
Avvalroq, "Bavariya"ni boshqarish uchun Tomas Tuxel asosiy nomzod ekani aytilgandi.