Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Fransiya terma jamoasi futbolchilari Dembelening so‘zlaridan norozi bo‘lishdi

Fransiya terma jamoasi futbolchilari Dembelening so‘zlaridan norozi bo‘lishdi

Baho:
+ | -1

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usman Dembele JCH-2026 yarim finalida Ispaniyaga qarshi o‘tkazilgan o‘yin (0:2) tanaffusida jamoadoshlarining bir qanchasini g‘azablantirdi. Bu haqda L'Équipe gazetasi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, muvaffaqiyatsiz kechgan birinchi bo‘limdan so‘ng Dembele kiyim almashtirish xonasida so‘zga chiqqan, ammo uning nutqi ayrim futbolchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Ular Dembelening jamoani tanqid qilishini adolatsiz deb hisoblashgan, chunki futbolchining o‘zi maydonda unchalik yaxshi ko‘rinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va o‘yin davomida ilk bor darvozaga aniq zarbani ikkinchi bo‘lim qo‘shib berilgan daqiqalaridagina amalga oshira oldi.

19 iyul kuni Didye Desham shogirdlari uchinchi o‘rin uchun bahsda Angliyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 18:45, 16.07.2026.
O'qildi: 3424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик