Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Goal.com «Oltin to‘p»—2026 da’vogarlarining yangilangan reytingini taqdim etdi

Goal.com «Oltin to‘p»—2026 da’vogarlarining yangilangan reytingini taqdim etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Goal portali jahon chempionati yarim finallaridan so‘ng 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrini uchun asosiy da’vogarlarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn yetakchilikni saqlab qoldi, biroq inglizlar yarim finalda musobaqani tark etganidan keyin uning mavqeiga jiddiy putur yetdi. Ikkinchi o‘ringa Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi ko‘tarildi — u o‘z jamoasini jahon chempionati finaliga olib chiqdi va turnir to‘purarlari ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda.

Kuchli uchlikni «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal yakunlab bermoqda. Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi jahon chempionatining hal qiluvchi bahsi ushbu nufuzli individual sovrin uchun kurashdagi kuchlar nisbatini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Goal.com talqiniga ko‘ra «Oltin to‘p» uchun da’vogarlarning kuchli o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Xarri Keyn («Bavariya» / Angliya)

  2. Lionel Messi («Inter Mayami» / Argentina)

  3. Lamin Yamal («Barselona» / Ispaniya)

  4. Maykl Olise («Bavariya» / Fransiya)

  5. Kilian Mbappe («Real» / Fransiya)

  6. Usman Dembele («PSJ» / Fransiya)

  7. Xvicha Kvarasxeliya («PSJ» / Gruziya)

  8. Erling Xoland («Manchester Siti» / Norvegiya)

  9. Luis Dias («Bavariya» / Kolumbiya)

  10. Vitinya («PSJ» / Portugaliya)

«Oltin to‘p» topshirish marosimi shu yilning 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 20:09, 16.07.2026.
O'qildi: 10478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик