Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

JCH-2026 finali qoldirilishi mumkin

JCH-2026 finali qoldirilishi mumkin

Baho:
+2 | -

Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi JCH-2026 bosh sovrini uchun hal qiluvchi bahs xavf ostida qoldi. Bunga Kanadada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida havoning keskin ifloslanishi sabab bo‘lmoqda.

Hozircha o‘yinni ko‘chirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan, biroq FIFA va AQSHning tegishli xizmatlari vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ole.us nashrining xabar berishicha, AQSH rasmiylari futbolchilar va muxlislar sog‘lig‘ini mutlaq ustuvor vazifa deb hisoblaydi. Shu sababli, agar havo sifati sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirsa, tegishli choralar ko‘riladi.

Ma’lumot uchun: FIFA reglamentida bunday favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda qo‘llaniladigan maxsus harakatlar algoritmi mavjud. Biroq tashkilot o‘z tarixida ushbu qoidani amaliyotda hali biror marta qo‘llamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aynan Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari tufayli yuzaga kelgan tutun sababli polyak hujumchisi Robert Levandovskining «Chikago Fayr» safidagi debyut uchrashuvi qoldirilgan va o‘yin boshqa muddatga ko‘chirilgan edi.

JCH-2026 final uchrashuvi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Hozircha AQSH rasmiylari vaziyat bo‘yicha ob-havo prognozi umuman olganda ijobiy ekanini va xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilmoqda.

Kiritildi: 07:50, 17.07.2026.
O'qildi: 18428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик