Bilbaoning «Atletik» klubi va Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Emerik Laport Madridning «Real» klubiga o‘tishga tayyor.
Jurnalist Migel Serranoning xabar berishicha, 32 yoshli futbolchi «qirollik klubi»ga o‘z xizmatlarini taklif qilgan. «Atletik» tajribali himoyachi uchun taxminan 25 million yevro talab qiladi, biroq «Real» hozirgi vaqtda ushbu transferni amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti.
Avvalroq Emerik Laportga La Liganing yana bir grandi — «Barselona» tomonidan qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. 19 iyul kuni futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo‘lishi mumkin — finalda ular Argentina termasiga qarshi maydonga tushadi.













