Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli shogirdi Mauro Ikardining jismoniy jihatdan muammolari borligini aytdi.
"Ikardi ayni damda unchalik yaxshi holatda emas, uning jismoniy jihatdan muammolari bor", - deydi bosh murabbiy matbuot anjumanida.
Ikardi mavsumni juda ajoyib boshlagandi. Dastlabki uch o‘yinda 5 ta gol urishga erishdi.