Germaniyalik mutaxassis Yupp Haynkes «Bavariya»ni boshqarish haqida yakuniy qarorga kelmagan.
«Bavariya»ni 4 yil oldin tark etgandim. Bu muddat ichida futbol ham o‘zgarib ketdi. Hozircha, klubda ishlashim aniq emas. Hammasini o‘ylab ko‘rishim kerak. Rahbariyat meni 2018 yil yoziga qadar ishga taklif qildi», – dedi murabbiy Rheinische Post xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Haynkes «Bavariya»ni 2013 yilda tark etgandi. U bir mavsum davomida Germaniya chempionati, kubogi va Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.