Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"Obod", "So‘g‘diyona" va "Nasaf" klublari kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganlikda gumonlanmoqda

"Obod", "So‘g‘diyona" va "Nasaf" klublari kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganlikda gumonlanmoqda

Baho:
+1 | -

Bugun, 6 oktyabr kuni Toshkentning «Obod» futbol klubi O‘zbekiston Oliy Ligasi o‘yinlaridan chetlashtirildi

Bu haqda PFL rasmiy sayti ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qo‘mitasi O‘FF bilan kelishgan holda bu qarorga kelgan. Boisi jamoa reglamentda ko‘rsatib qo‘yilgan bir qator talablarni bajarmagan va PFLga a’zolik badali pullarini hozirgacha to‘lab bermagan.

«Obod»ning PFL oldidagi qarzi umumiy 112 million so‘mni tashkil qilgan. Shundan 90 millioni a’zolik badali to‘lovi, 15 millioni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan murabbiyni ro‘yxatga qo‘yish uchun to‘lov va 7 millioni boshqa turdagi jarima bo‘lgan.

O‘zbekiston klublarini lisenziyalash bo‘yicha reglamentga muvofiq, klubni moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma PFLga taqdim etilmagan. Oqibatda tashkilot uchun ushbu jamoa nimaning hisobiga moliyalashtirilishi haqidagi masala tushunarsizligicha qolavergan.

«Obod» futbol klubi 2017 yilning 1-davrasi yakuni arafasida tarqalib ketishga yaqin turgandi. Biroq keyin Ukraina kompaniyalaridan biri uni sotib olgani borasida ma’lumot berilib, klubga ham ukrain mutaxassis olib kelingandi.

«Obod» futbol klubi reglament talablarini qo‘pol ravishda buzgani holda, bir necha marta ogohlantirish berilganiga qaramasdan, lisenziyalash bo‘yicha birorta ham hujjatni rasmiylashtirmagani aytilgan.

Jamoaning ikki uchrashuvi shubhali deb topilgan. Oliy Liga 20-turi doirasidagi «Obod» — «So‘g‘diyona» (2:4) va 22-turidan o‘rin olgan «Obod» — «Nasaf» (0:6) o‘yinlarida qayd etilgan natijalar Federbet xalqaro notijorat federasiyasi tomonidan shubhaga olingan. Natijada tashkilot O‘FFga xat yozib, PFLni ham bundan ogoh etgan. Bu holat ham yakuniy qaror qabul qilishda muhim o‘rin tutgan.

Musobaqalar reglamentining 4.26 bandiga asosan «Obod» futbol klubi taqvimdagi o‘yinlarning yarimidan ko‘pini o‘tkazib bo‘lganligi munosabati bilan, oldindagi o‘yinlarda jamoaga texnik mag‘lubiyat, uning raqiblariga esa texnik g‘alaba yoziladi. O‘tgan o‘yinlardagi ogohlantirish va chetlatishlar o‘z kuchida qoladi.

O‘zbekiston qonunchiligi hujjatlarida ko‘rsatilganidek, «Obod» futbol klubi o‘z xodimlari va futbolchilari oldidagi mehnat shartnomalari bo‘yicha qarzlarni uzish va soliq to‘lovlarini to‘lash majburiyatini saqlab qoladi. Jamoa xodimlari va futbolchilariga esa boshqa futbol klublarda qaydnomadan o‘tishga reglamenti asosida ruxsat beriladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:37, 06.10.2017.
O'qildi: 10077 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.