Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Xosep Mariya Bartomeu: «Katalonlar ovoz berishga haqlilar»

Xosep Mariya Bartomeu: «Katalonlar ovoz berishga haqlilar»

Baho:
+ | -

1 oktyabr kuni Ispaniya­ning avtonom viloyati hisoblangan Kataloniyada referendum o‘tkazildi. Hukumat tan olmagan mazkur referendum natijalariga ko‘ra, provinsiyaning 90 foiz aholisi mustaqil bo‘lish uchun ovoz berdi.

Xuddi o‘sha kuni Kataloniyaning asosiy jamoasi hisoblangan «Barselona» o‘z maydonida «Las-Palmas»­ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur uchrashuvni boshqa muddatga ko‘chirish uchun klub rahbariyati Ispaniya professonal ligasidan iltimos qilgandi. Ammo ularning iltimoslari inobatga olinmadi. Natijada o‘yin muxlislarsiz o‘tkazildi.

Uchrashuvdan so‘ng «Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu matbuot anjumani tashkil qilib, unda quyidagilarni gapirib o‘tdi.

Referendumni qo‘llab-quvvatlash haqida

- Ma’lumki, direktorlar kengashining yig‘ilishi seshanba kuni o‘tkazilishi lozim edi. Ammo mamlakat va klubdagi notinch vaziyat tufayli uni bugun o‘tkazishga qaror qildik.

So‘nggi yillarda referendum borasidagi milliy paktga a’zo bo‘lib keldik. Biz muxlislarimizning erkin ovozga ega bo‘lishlarini istaymiz.

Bo‘sh tribunalardagi o‘yin haqida

- Millionlab insonlarning ovoz berishlari uchun to‘sqinlik qilgan zo‘ravonliklarga guvoh bo‘ldik. Biz qandaydir qaror qabul qilishimiz kerak edi va buni amalga oshirdik.

Muxlislarimizning o‘yinni o‘tkazilmasligini kutishganini yaxshi tushunaman. Lekin La-liga bilan kelisha olmadik. Ular taklifimizni qabul qilishmadi. Bu bizning asosiy istagimiz edi. Biroq uni amalga oshirolmadik.

Natijada «Barselona»dagi barcha mas’ul shaxslar, Ernesto Valverde va Andres Inyesta bilan kelishgan holda, o‘yinni bo‘sh stadionda o‘tkazishga qaror qildik.

Bu hammamiz uchun og‘ir kun bo‘ldi. Har tomonlama kuchli bosim ostida qoldik. Albatta, eng yaxshisi, o‘yinni shanba, 30 sentyabr kuni o‘tkazish kerak edi.

Xavfsizlik haqida

- Xavfsizlik borasida o‘yinni qoldirish uchun asos yo‘q edi. Hakamga o‘yin bo‘sh tribunalarda o‘tishini aytdim. Chunki ayrim muxlislarning provakasion harakatlaridan cho‘chigandik.

Yakshanba kungi voqealarga munosabat

- Mamlakatimizda kuzatilgan voqea­larni nomaqbul desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Katalonlar ovoz berishga haqli edilar. Biz global tashkilot sifatida butun jahon e’tiborini mamlakatimizda bo‘layotgan hodisalarga qaratishga chaqirdik. Polisiya va harbiylar bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda jabr ko‘rganlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Pike va terma jamoa haqida

- Pike terma jamoa safida o‘ynashni istadi va murabbiy uni chaqirdi. Unga g‘alaba qozonish va shu g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shish yoqadi. Bundan boshqa aytadigan gapim yo‘q.

Direktorlar kengashi a’zolarining iste’folari haqida

- Karles Vilarrubi va Xordi Moneslarning iste’folarini qabul qildim. Ularni hurmat qilaman va ko‘p yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, direktorlar kengashida 2010 yili boshlangan ishni davom ettirish uchun birdamlik, kuch va energiya yetarli.

Boshqa chempionatda ishtirok etish haqida

- Agar Kataloniya mustaqillikni qo‘lga kiritsa, klub va uning muxlislari «Barselona»ning qaysi chempionatda o‘ynashini hal qilishadi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:49, 12.10.2017.
O'qildi: 3202 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.