Kataloniyaning "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Andres Inyesta Rossiyada o‘tadigan JCH-2018 baxslaridan keyin xalqaro faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
"Rossiyada bo‘ladigan mundial mening Ispaniya termasidagi so‘nggi turnirim bo‘lishi mumkin. Tushunaman, vaqt o‘tmoqda. Barchasini vaziyatga qarab o‘ylayman", - deydi Inyesta.
Eslatib o‘tamiz, Inyesta ushbu haftada chap oyog‘idan olgan jarohatidan sog‘ayib, mashg‘ulotlarga qaytdi.