Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

«Qo‘qon-1912» jamoasining ikkita xatosi qimmatga tushdi

«Qo‘qon-1912» jamoasining ikkita xatosi qimmatga tushdi

Baho:
+ | -

Mazkur bahsni jamoamiz uch nafar yetakchimiz – Nosir Otaqo‘ziyev, Bahodir Akramov va Akmal Xolmurodovlar turli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborishdi. O‘z navbatida “Paxtakor”da ham yo‘qtoish bor edi. “Sherlar” yetakchisi Marko Simich jarohat olib 24-turda maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi.

O‘yinni maydon egalari faol boshlashdi. 3-daqiqada futbolchilarimiz shiddatli hujum tashkil etishdi. 6-daqiqada Filip Rayevas to‘pni raqib darvozasiga kiritgandi. Ammo hujumchimiz o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi, deb topildi va gol inobatga olinmadi. 9-daqiqada Jamshid Hasanovning to‘pi o‘zatishidan keyin yana bir xavfli vaziyat vujudga keldi.

14-daqiqada hisobni ochishimiz mumkin edi. Suhrob Berdiyev so‘nggi pallada to‘pni raqib darvozasiga yo‘llay olmadi. 16-daqiqada Berdiyevning yana bir zarbasi xavfli ko‘rinish oldi. Labanov o‘z o‘rnida.

19-daqiqada maydon egalari hisobni ochishdi. Avvaliga Tiago Bazerraning zarbasi darvoza tusiniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pni esa Suhrob Nurulloyev darvozamizga aniq yo‘lladi.

21-daqiqada yana bir ajoyib kombinasiyamiz gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Ammo Suhrob Berdiyevning qulay vaziyatdan bergan zarbasi biroz noaniq bo‘ldi. 33-daqiqada yana bir imkoniyatga ega bo‘ldik. So‘nggi pallada Rayevasga biroz omad yetishmadi. 37-daqiqada Sergeev gol urgandi. Ammo uning goli inobatga olinmadi. Hujumchi ofsaydda qolib ketgandi. Birinchi bo‘lim shu hisobda o‘z poyoniga yetdi.

Ikkinchi bo‘limni xuddi birinchisi kabi maydon egalari faollik bilan boshlashdi. 50-daqiqada futbolchilarimiz yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi. Quvondiq Ro‘ziyevning so‘nggi pallada yo‘llangan zarbasi biroz noaniq bo‘ldi. 57-daqiqada “Sherlar” burchak zarbasidan keyin hisobni oshirishdi. Jarima maydonchasiga oshirilgan to‘pni Tiago Bezerra boshi bilan darvozamizga aniq yo‘lladi. 86-daqiqada Muhammadanas Hasanovning kuchli zarbasi sal noaniq bo‘ldi.

O‘yinning qolgan daqiqalarida har ikki jamoa harchand o‘rinmasin, muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi.

Oliy liga

24-tur

“Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” – 2:0 (1:0)

Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), N. Ro‘zimov (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent), A. Najafaliyev (Toshkent).
Nazoratchi: Nexochin (Namangan).
O‘zPFL vakili: G. Rtveladze.

Gollar: Suhrob Nurulloyev 19, Tiago Bezerra 57.

“Paxtakor”: 12. Aleksandr Lobanov, 3. Xojiakbar Alijonov, 7. Azim Ahmedov (5. Akbar Ismatullayev – 23), 10. Jamshid Iskandarov, 11. Igor Sergeev, 17. Suhrob Nurolloyev (22. Jasur Yaxshiboyev – 81), 21. Kamoliddin Tojiyev, 29. Vladimir Kozak, 52. Gidi Kanyuk, 70. Sherzod A’zamov, 77. Tiago Bezerra.

Zaxira: 25. Eldor Suyunov, 8. Sherzod Karimov, 20. Jasur Hakimov, 24. Davron Hoshimov, 31. Jamshid Yusupov.

“Qo‘qon-1912”: 12. Aziz Ashurov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov, 14. Doniyor Hasanov, 19. Suhrob Berdiyev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 70. Quvondiq Ro‘ziyev (5. Jalil Kimsanov-69), 77. Murod Xolmuhammedov, 97. Oybek Rustamov (96. Muhammadanas Hasanov-58), 99. Filip Rayevas.

Zaxira: 30. Islom Abdullayev, 17. Avaz Mamatxo‘jayev, 25. Iqbol Malikjonov, , 27. Doston Meliqo‘ziyev, 98. Xushnud Avilov.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 19:36, 14.10.2017.
O'qildi: 4273 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.