Kataloniyaning «Barselona» jamoasi himoyachisi Xerar Pikening rafiqasi Shakira erining klubda bir umr qolishiga ishonadi.
"Pike "Barselona"ga qattiq bog‘langan, u jamoaning timsoli. Udek futbolchini boshqa topish qiyin, chunki ko‘pchilik o‘yinchilik jamoalarini tez tez almashtirishadi, Pikening yuragida esa "Barselona" urib turadi.
U "Barselona" uchun tug‘ilgan kam sonli futbolchilardan biri. Jerar sotqin emas, uni pulga sotib olib bo‘lmaydi", - deydi Shakira.
Oldinroq Pike Kataloniyaning mustaqil bo‘lishi uchun ovoz bergandi.