Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

La liga. «Barselona» mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

La liga. «Barselona» mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Baho:
+ | -

La liganing 8-turiga kelib "Barselona" ushbu mavsumda ilk marta ochko yo‘qotdi. FIFA kunlaridan keyin qayta yig‘ilgan "Barselona" Madridda "Atletiko"ga qarshi o‘yinda oson bo‘lmagan uchrashuvni o‘tkazdi.

O‘yinning 30-soniyasidayoq Messi hisobni ochishi mumkin edi, ammo himoyachi so‘nggi pallada unga xalal berib qoldi. Antuan Grizmann esa "ko‘k-anorranglilar" darvozasiga tomon 2ta xavfli zarba yo‘lladi. Ter Shtegen ajoyib seyvlar orqali o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bahsning 21-daqiqasida Saul jarima maydonchasi tashqarisidan qaytarib bo‘lmas zarba bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Bugungi o‘yinda Messining ko‘p zarblari himoyachilardan o‘tmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda argentinalik futbolchi yo‘llagan 2ta zarbaga ozgina aniqlik yetishmadi. Asta-sekin o‘z formasini tiklab borayotgan Luis Suares o‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida "Barsa"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Serji Roberto yetkazib bergan uzatmani urugvaylik futbolchi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarning eng so‘nggisi o‘tib borayotgan paytda "Barselona" raqib jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘ldi. Lionel Messi tomonidan yo‘llangan zarbani Yan Oblak egallab olishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, o‘yin durang bilan yakunlandi. Mazkur 1 ochko tufayli "Barsa" o‘z ochkolarini 22taga yetkazdi va endi Valverde shogirdlari 2-o‘ringa chiqib olgan "Real"da 5 ochko oldinda borishmoqda.

Ispaniya La ligasi, 8-tur
Atletiko – Barselona 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 21 Saul, 1:1 – 82 Suares.
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul, Gabi (Torres, 83), Ferreyra Karrasko (Parti, 73), Koke, Korrea (Gaytan, 59), Grizmann.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Alba, Nelson Semedu (Serdji Roberto, 61), Pike, Rakitich (Paulinyo, 79), Buskets, Inyesta (Deulofeu, 61), Andre Gomesh, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Gabi (14), Umtiti (33), Rakitich (45), Grizmann (90), Saul (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:40, 15.10.2017.
O'qildi: 16026 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.