Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Rustam Mirsodiqov: «G‘alabaga haqli edik»

Rustam Mirsodiqov: «G‘alabaga haqli edik»

Baho:
+ | -

“Metallurg” – “Bunyodkor” jamoalari uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovning o‘yin haqidagi fikrlariga qiziqdik.

Rustam Mirsodiqov, “Metallurg” FK bosh murabbiyi: “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv oldidan tarkibimizda jiddiy muammolarga duch keldik.

Kutilmagan falokat bois tajribali himoyachimiz Davron Karimqulov shifoxonaga tushib qoldi. Islom Isoqjonov esa to‘rtta sariq kartochka tufayli bu o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Va nihoyat uchrashuvga ikki kun qolganda mashg‘ulotlar jarayonida yana bir tajribali himoyachimiz Mirg‘iyos Sulaymonov oyoq paylarini cho‘zib oldi. Boshlang‘ich tarkibni shakllantirish borasida jiddiy bosh qotirishimizga to‘g‘ri keldi.

Har ikki qanot himoyasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun yarim himoyachilardan foydalanishga majbur bo‘ldik. Shu boisdan ham birinchi bo‘limda futbolchilarimiz katta hayajon ostida harakat qilishdi va tashabbus mehmonlar tomonida bo‘ldi.

Ikkinchi taymda esa o‘zimizga keldik. O‘yinni tenglashtirib oldik va birinchi bo‘lib gol kiritdik.

G‘alabaga yaqin turgandik, afsuski so‘nggi soniyalarda futbolchilarning charchab qolganligi, zahirada teng kuchli raqobatchilar kamligi hamda futbolchilarimizda konsentrasiyaning yo‘qolganligi bois yutuqni qo‘ldan boy berdik.

Ammo bunday nomdor raqibga qarshi o‘yinda durang natija ham biz uchun yutuqqa teng. Bugun maydonda bor kuch va mahoratlarini ishga solib o‘ynagan barcha futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman, deydi Rustam Mirsodiqov.

Manba: www.metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 15:59, 15.10.2017.
O'qildi: 2620 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик