Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

O‘FF prezidenti rasmiy tashrif bilan Qatarga keldi

O‘FF prezidenti rasmiy tashrif bilan Qatarga keldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar futbol uyushmasining prezidenti shayx Hamad bin Xalifa bin Ahmad ol Taniyning taklifiga ko‘ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, dunyodagi eng yaxshi futbol akademiyalaridan biri sanalgan “Aspire”ga tashrif buyurdi.

“Aspire” bizda juda katta taassurot qoldirdi”, — deydi Umid Ahmadjonov O‘FF matbuot xizmatiga. “Ertaga Qatar futbol uyushmasi bilan memorandum imzolanishi oldidan, o‘ylaymanki, bugungi safar juda samarali bo‘ldi. Biz ikki mamlakatda bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirish maqsadida ushbu akademiya bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz”.

Umid Ahmadjonov bugun, shuningdek, “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida bo‘ldi. O‘FF delegasiyasi markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, “Aspetar”ning O‘zbekiston futboli uchun foydali jihatlarini yaqindan o‘rganishga muvaffaq bo‘ldilar.

Umid Ahmadjonov 17 oktyabr kuni Dohada Qatar futbol uyushmasi prezidenti shayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniy bilan uchrashadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston va Qatar futboli rahbarlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Qatar safari Umid Ahmadjonovning O‘FF prezidenti etib saylanganidan beri amalga oshirgan uchinchi xorijiy safaridir. Bunga qadar Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino va BAA futbol uyushmasi vise-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashgan edi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:30, 16.10.2017.
O'qildi: 5008 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.