Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Kuzda uyg‘onadigan «to‘fon»

Kuzda uyg‘onadigan «to‘fon»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi JCH saralashi doirasidagi Sloveniyaga qarshi o‘yinda qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi va Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Mundial yo‘llanmasini naqd qildi. O‘yinda yagona bo‘lgan golga «Tottenxem» hujumchisi Xari Keyn mualliflik qildi. Hujumchi qo‘shimcha vaqtda gol urib, Angliyaga yo‘llanmani taqdim etdi. Oxirgi vaqtlarda Keynning jahon darajasidagi yulduzga aylanib borayotgani haqida ko‘p gapirishmoqda. Darvoqe, Sloveniya bilan o‘yinda Keyn jamoa sardori sifatida harakat qildi.

OMADLI «TAQACHI»
Keyn muxlislarga «Tottenxem»dagi o‘yinlari bilan tanildi. Oxirgi ikki mavsumda Angliya Premyer-Ligasi to‘purari bo‘ldi. Anchadan buyon Angliyada mahalliy futbolchi to‘purar bo‘lmayotgandi. Keyn «Tottenxem» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq uning bolaligida «Arsenal» libosida tushgan rasmlari ham tarqalgandi. «Tottenxem»da porlashidan avval hujumchi «Lester»da ijarada o‘ynab yurgandi. «Tulkilar»ning chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibida emas albatta, sal oldinroq. Keyin esa «Tottenxem» safida zaxiradan maydonga tusha boshladi. Keyn uchun Yevropa Ligasi alohida qadrli musobaqa. Chunki aynan o‘sha musobaqada futbolchi «Taqachilar»ning asosiy tarkibida o‘ynashni boshlagandi. 2013/14 yilgi Yevropa Ligasi mavsumida Keyn porlagandi. Ketma-ket gollardan keyin esa Pochettino hujumchini Premyer-Ligada ham o‘ynata boshladi. Natija esa yomon emas. Oxirgi uchta mavsumda Xarri Premyer-Ligada 21, 24 va 29tadan gol urdi. U o‘z nomiga mos harakat qilmoqda. Futbolchining ismi inglizchada Harry Kane deb yoziladi. Undagi uchta harfni o‘zgartirsa, inglizchada «to‘fon» so‘zi paydo bo‘ladi – hurricane.

MAVSUM SENTYABRDA BOSHLANADI
Angliyaning ayni vaqtdagi eng yaxshi futbolchisi, Premyer-Liganing oxirgi ikki mavsumidagi to‘purari bo‘lsa-da, Keyn nima uchundir avgustda hech qachon gol urmagan. Joriy mavsumda ko‘pchilik Keyn bu seriyani buzadi deb kutdi, lekin o‘zining eng yaxshi formasida bo‘lishiga qaramay, hujumchi Premyer-Liganing avgustdagi o‘yinlarida gol ura olmadi. Sentyabr boshlanishi bilan esa Xarrini to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmay qoldi. Sentyabrning birinchi kunida Angliya terma jamoasi Maltaga qarshi maydonga tushdi. Keyn bu bahsda ikkita gol urdi. Sentyabrning oxirgi kunida esa «Tottenxem» safida «Xaddersfild» darvozasiga ikkita gol urdi. Umumiy hisobda Keyn sentyabrda 13 ta gol urdi. Bu «Tottenxem» va Angliya terma jamoasi safida urilgan gollarining umumiy hisobi. Keyn JCH saralashining oxirgi turida ham Litva darvozasiga urilgan yagona golga mualliflik qildi.

BO‘LADIGAN SARDOR
Xarri Keynni Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bekorga sardor sifatida tanlagani yo‘q. Yulduzlarga to‘la tarkibda sardor tanlash juda qiyin masala. Runidan keyin terma jamoaga Garri Kexill hamda Jordan Xendersonlar ham sardor bo‘lishdi, biroq Sautgeyt Keyn eng yaxshi variant ekanini tushunib yetdi. Chunki u gollari bilan jamoaga natija keltirmoqda. Bir so‘z bilan aytganda terma jamoaning eng foydali futbolchisi. Bunday futbolchilar esa jamoani ortidan ergashtira oladi. Kexill yoki Xendersonga futbolchilardan birortasi jahl ustida «Sen o‘zi nimani qoyillatdingki bizga sardorlik qilyapsan», deyishi mumkin, lekin Keynga bunday deya olmaydi. Chunki u jamoaning asosiy kuchi hisoblanadi. Angliya kabi katta jamoalarda eng kuchli futbolchini sardor sifatida tanlash to‘g‘ri yo‘l. Keyn yosh bo‘lsa ham, hozirda Angliyaning eng kuchli futbolchisi hisoblanadi.

KEYINGI MANZIL MADRID?
Madridning «Real» klubi dunyoning eng yaxshi futbolchilarini sotib olishni xush ko‘radi. Bundan tashqari Florentina Peres «Tottenxem» yetakchilarini Madridga olib kelishni ham xush ko‘radi. Luka Modrich va Garet Beyllar «Tottenxem»ning asosiy yulduziga aylanishgach Madrid tomon yo‘l olishgandi. Bu transferlar har ikki klub uchun ham foydali bo‘lgan: «Real» ajoyib futbolchilarni qo‘lga kiritgan, «Taqachilar» esa yaxshigina pul ishlab olishgan. Shu sabab Keynning «Real»ga o‘tishi haqida gapira boshlashdi. Chunki Krishtianu Ronalduning yoshi o‘tmoqda, Benzema ham avvalgi darajasida emas va o‘z-o‘zidan «Real»ga kuchli markaziy hujumchi kerak. Ayni vaqtda Yevropaning eng kuchli markaziy hujumchilaridan biri aynan Keyn. U hali yosh ekani Peresning rejalariga tushish ehtimoli katta ekanini anglatadi. «Tottenxem» har qancha chiroyli o‘ynamasin, Angliyada chempionlik uchun kurashadigan jamoadan yuqoriroq darajaga ko‘tarila olmayapti. Keyn esa dunyoning eng yaxshilari qatoridan o‘rin olishi uchun ko‘hna qit’aning eng kuchli jamoalarida o‘ynashi kerak. Uning Ispaniyaga yo‘l olishi Angliya terma jamoasi uchun ham foydali. Chunki…

2000 yillar boshida shakllana boshlagan, keyinroq Ueyn Runi bilan boyigan Angliya terma jamoasini mamlakat futbolining «Oltin avlodi» deyishardi. Chindanam Bekxem, Ouen, Jerrard, Lempard, Terri, Skoulz, Runi, Ferdinand, Koullar bor tarkib juda kuchli edi. Biroq ular hech qanday sovrin yuta olishmadi. Hozirgi Angliya terma jamoasiga esa xalqaro maydonda juda bepisand qarashmoqda. Chunki jamoaning eng asosiy yulduzi bo‘lgan Keyn ham Angliyadagina o‘z o‘rni bor jamoada o‘ynaydi. Oldingi tarkibdagilar «MYU», «Liverpul», «Chelsi» safida Yevropani ham zabt etishgandi. Shu sabab Keyn «Real»ga o‘tishi orqali nafaqat o‘zi uchun butun mamlakat futboli uchun foydali qaror qilgan bo‘ladi. Hujumchi uchun joriy mavsumdagi Chempionlar Ligasi juda muhim. Hozircha yaxshi qadam olgan «Tottenxem» guruhdan chiqa olsa, o‘zi uchun yangi davr boshlay olishi mumkin. Londonliklar guruhda «Real» bilan ham ikkita o‘yin o‘tkazishadi. Bu bahslar ayniqsa Keyn uchun juda muhim bo‘ladi. Darvoqe Devid Bekxem «Real»ga o‘tishidan sal oldin «MYU» safida madridliklar darvozasiga ikkita gol urgandi…

O‘tkir JALOLXONOV

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 18:29, 18.10.2017.
O'qildi: 4871 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.