Rimning “Roma” klubi hujumchisi Edin Jeko bugun “Chelsi”ga qarshi uchrashuv (3:3) da maydonga tushdi.
Gap shundaki, “Chelsi” darvozasiga ikkita gol urgan 31 yoshli bosniyalik futbolchi “Roma” uchun yubiley 100-o‘yinini o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, shu kunga qadar Jeko “Roma” futbolchisi sifatida 59 ta gol va 18 marta foydali uzatmani amalga oshirgan.