Kirish Ro'yxatdan o'tish

Peres Mourinyoga necha yillik shartnoma taklif qilgani ma’lum

Peres Mourinyoga necha yillik shartnoma taklif qilgani ma’lum

Baho:
+1 | -

Madridning «Real» klubi rahbariyati Joze Mourinyoning bosh murabbiylik lavozimiga qaytishiga to‘liq ishonch bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikola Skira xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres portugaliyalik mutaxassisga 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan. Agar Mourinyo ushbu taklifga rozilik bersa, «qaymoqranglilar» may oyi yakuniga qadar uning «Benfika» bilan amaldagi shartnomasini 3 million yevro evaziga sotib olish imkoniyatini faollashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda «Real»ni Alvaro Arbeloa boshqarmoqda. La Liganing 34-turidan so‘ng jamoa turnir jadvalida peshqadam «Barselona»dan 11 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 16:14, 09.05.2026.
O'qildi: 4358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик