Jurnalist Serxio Valentin Rodrining «Manchester Siti»dan «Real»ga o‘tmay qolgan transferi sabablari haqida fikr bildirdi.
«“Real” — bu ulkan okean layneri, ammo uning boshqaruvida jiddiy yoriqlar paydo bo‘lgan. Transfer deyarli yakunlangandi: Rodri o‘tishga 100 foiz rozi bo‘lgan va «Manchester Siti» bilan ham deyarli barcha shartlar kelishilgan edi.
Shundan so‘ng jarayonga «Real» bosh skauti Xuni Kalafat aralashib, Florentino Peresga transfer narxini pasaytirish mumkinligini aytdi. Peres uning fikriga quloq soldi va muzokaralar vaqtincha to‘xtatildi.
Rodriga «Real» «Manchester Siti» bilan muzokaralarda narxni tushirishga harakat qilishi aytildi. Biroq ingliz klubi bunga rad javobini berdi. Shundan keyin «Manchester Siti» Rodrini boshqa klublarga ham taklif qila boshladi.
Rodri esa faqat «Real»ga o‘tishni xohlayotganini bildirdi. Ammo Florentino Peres o‘z pozisiyasidan chekinmadi: yo narx tushiriladi, yoki transfer bo‘lmaydi.
Oqibatda Rodri kutishdan charchadi. Jorje Mendesh bu voqea haqida Joze Mourinyoga aytib berdi va u bu holatdan qattiq hayratda qoldi.
To‘rt kun avval esa jarayonga Deku aralashib, Rodri bilan suhbatlashdi. Shuningdek, Xans-Diter Flik hamda hozirda «Barselona»da to‘p surayotgan Ispaniya terma jamoasidagi bir nechta sheriklari ham futbolchi bilan muloqot qildi.
Natijada «Manchester Siti» Rodri uchun yana bir jiddiy da’vogar — «Barselona»ni paydo qildi va futbolchining o‘zi ham bu variantga qiziqib qoldi.
Endi esa avval kelishuvni arzonlashtirishga uringan «Real» Rodri uchun ko‘proq mablag‘ to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Chunki madridliklarda jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi. Ilgari Rodri to‘liq «Real» tomonida edi, endi esa klub nafaqat yuqoriroq narx taklif qilishi, balki futbolchini yana bir bor o‘z safiga o‘tishga ko‘ndirishiga ham to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘taman, Rodri bo‘yicha «Real» pozisiyasi o‘zgarganini birinchi bo‘lib men xabar qilganman. Hozir ham aytamanki, klubda rejalashtirish, muzokaralar olib borish va transfer siyosati masalalarida anchadan buyon jiddiy muammolar bor.
Mourinyo qattiq shok va hayratda. U markaziy yarim himoyachini juda ham xohlayapti», — deb yozdi Valentin X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq Rodri «Barselona»ga o‘tishga rozilik bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.













