Superliga 16-turida "Paxtakor" o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Toshkentliklar safida Dilshod Saitov (17) hamda Stefan Chinedu (28) gol urgan bo‘lsa, buxoroliklardan Vladimir Rodich (75) bitta gol urdi. "Sherlar" darvozaboni Sanjar Quvvatov esa 83-daqiqada avtogol muallifi bo‘ldi.
"Paxtakor" 35 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. "Buxoro" 27 ochko bilan 3-pog‘onada.













