Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

«Real» Rodriga muqobil variant sifatida «Arsenal» yarim himoyachisini ko‘rib chiqmoqda — El Nacional

«Real» Rodriga muqobil variant sifatida «Arsenal» yarim himoyachisini ko‘rib chiqmoqda — El Nacional

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Martin Subimendini Rodri transferi amalga oshmagan taqdirdagi asosiy muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Avvalroq Rodri «Manchester Siti»dan ketishga qaror qilsa, «Barselona»ni «Real»dan ustun qo‘ygani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Manbaga ko‘ra, «Arsenal» yarim himoyachisining kelajagi Bruno Gimaraynsning «Nyukasl Yunayted»dan kelishi kutilgani sababli noaniq bo‘lib qolgan. Shu bois Subimendi klubini almashtirishni istamoqda va agentlaridan «Real» hamda «Barselona» bilan muzokaralarni qayta boshlashni so‘ragan.

Subimendi 2025 yil iyul oyida «Arsenal» safiga o‘tgan edi. Uning transferi taxminan 65 million yevroga baholangan. Futbolchining londonliklar bilan shartnomasi 2030 yil iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Ispaniya milliy terma jamoasi safida Subimendi 2026 yil AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan. Finalda ispanlar Argentina termasini qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:04, 06.08.2026.
O'qildi: 1879 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик