«Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrining agenti Pablo Barkero futbolchi madridliklarga «Barselona»ga o‘tish bo‘yicha o‘z qarorini shaxsan yetkazganini ma’lum qildi.
«O‘zini juda halol va professional tutgan «Real»ga bo‘lgan hurmati sababli Rodri «Barselona»ga o‘tish qaroriga kelganini klubga shaxsan xabar qildi», — deya Barkeroning so‘zlarini keltirmoqda El Larguero.
Yarim himoyachining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.
Rodri JCH-2026 turnirining eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olingan edi. Finalda Ispaniya terma jamoasi Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda (1:0) mag‘lub etgan. Ispaniyalik futbolchi ushbu musobaqadagi barcha 8 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Rodri 2019 yilning yozidan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa tarkibida jami 298 ta uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













