Fransiya chempionatining 10-turi doirasida «PSJ» safarda «Marsel» mehmoni bo‘ldi. Bahsning 73-daqiqasida Neymar burchak to‘pini o‘yinga kiritmoqchi bo‘lganida, mezbon jamoa muxlislari tribunadan braziliyalik futbolchiga buyumlar uloqtirishdi. Neymar esa ularni terib tashlab, so‘ngra burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Bu paytda hisob 1:1 edi. Uchrashuv 2:2 natijasi bilan yakunlandi.