Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Lyubinko Drulovich: «O‘zbekiston yoshlar termasi – kuchli jamoa»

Lyubinko Drulovich: «O‘zbekiston yoshlar termasi – kuchli jamoa»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-19 – BAA U-19 (1:0) o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida amirliklar bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugun yaxshi o‘yin guvohiga aylandik. O‘zbekiston yoshlar termasi – juda kuchli jamoa. O‘yinchilarimning maydondagi xatti-harakatidan qoniqish hosil qildim. Ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi, ammo ulardan unumli foydalana olmadik. Aytish kerakki, yigitlarim oxirigacha kurashdi va bundan mamnunman. BAA yoshlar termasi bilan ishlayotganimga atigi 4 oy bo‘ldi. Jamoaning 7–8 nafar futbolchisi harbiy hizmatga chaqirilgani uchun muammolarga duch keldik va jamoani deyarli boshidan tuzdik. Umid qilamanki, yangidan tuzilayotgan jamoa muvaffaqiyatlarga erisha oladi.

Osiyo chempionati saralashidagi raqiblar – Bahrayn, Qirg‘iziston, Ummon ancha xavfli. 31 oktyabr kuni Ummonga qarshi bo‘lib o‘tadigan dastlabki o‘yin og‘ir kechadi. Maqsadimiz – guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Osiyo chempionatiga yo‘l olish. Bugungi o‘yindagi hakamlik borasida e’tirozlar yo‘q. Futbolchilarimiz gol ura olmasa, ayb hakamda bo‘lmaydi. Ikki kundan keyin yana bir o‘yin bor va unda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz”, – dedi serbiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Lyubinko Drulovich Serbiya U-19 termasi, Serbiya va Makedoniya milliy terma jamoalarida, shuningdek, Belgradning “Partizan” klubida faoliyat yuritgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 18:56, 23.10.2017.
O'qildi: 2793 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик