Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ 2-4 Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal 2-3 Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao 0-0 PSJ
11/12 01:00 Bayer 2-2 Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D 2-2 Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge 0-3 Arsenal
11/12 01:00 Yuventus 2-0 Pafos
11/12 01:00 Real Madrid 1-2 Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika 2-0 Napoli

Ronaldu, Messi, Neymar... «The Best» sovrini qaysi bir futbolchiga nasib etadi?

Ronaldu, Messi, Neymar... «The Best» sovrini qaysi bir futbolchiga nasib etadi?

Baho:
+1 | -

Bugun, 23 oktyabr kuni Angliya poytaxti Londonda halqaro futbol tashkiloti (FIFA) tomonidan “The Best FIFA Football Awards 2017” sovrinini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

“UzReport TV” hamda “Futbol TV” telekanallari 22:00 dan boshlab taqdirlash marosimining kirish qismi, yulduzlarning tashrifi, yo‘lak orqali o‘tishi va fotosessiyalarini jonli ravishda efirga uzatishi haqida avvalroq xabar bergandik.

Shuningdek, marosimda FIFA Prezidenti Janni Infantinoning taklifiga binoan Londonga yetib borgan O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov va Ijroiya qo‘mitasining a’zosi Bobur Shodiyev ham ishtirok etishadi.

Demak, yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida futbolchilardan tashqari yilning eng yaxshi ayol va erkak murabbiyi, darvozaboni, ayol futbolchisi, mavsumning eng yaxshi goli va jamoalarning eng yaxshi muxlislari o‘z sovrinlariga ega bo‘lishadi.

Shubhasiz, marosimda Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi hamda Neymar kabi jahon tanigan yulduz futbolchilarning qaysi biri yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritishiga oydinlik kiritiladi.

O‘z yo‘nalishlarida sovrinlarga da’vogar asosiy uchta nomzodlar bilan tanishing:

Yilning eng yaxshi futbolchisi: Krishtianu Ronaldu (“Real”), Lionel Messi (“Barselona”), Neymar (“Barselona”/”PSJ”).

Yilning eng yaxshi murabbiyi: Zinedin Zidan (“Real”), Antonio Konte ("Chelsi"), Massimiliano Allegri ("Yuventus").

Yilning eng yaxshi darvozaboni: Janluiji Buffon ("Yuventus"), Keylor Navas ("Real"), Manuel Noyer ("Bavariya").

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: Deyna Kastelyanos (Venesuela), Karli Lloyd (SSHA), Like Martens ("Barselona").

Ayollar futbolidagi yilning eng yaxshi murabbiyi: Nils Nilsen (Daniya), Jerar Presher ("Lion"), Sarina Vigman (Gollandiya).

Mavsumning eng yaxshi goli: Deyna Kastelyanos (Venesueli U-17 ayollar termasi), Olivye Jiru ("Arsenal"), Masuluke Oskarine ("Baroka")

Eng yaxshi muxlislar: "Borussiya" Dortmund, "Seltik", "Kopengagen".

Ma’lumot uchun, “The Best FIFA Football Awards” sovrini FIFA tashkiloti tomonidan o‘tgan mavsumdan buyon topshirib kelinmoqda.

Akmalxon Eshonxonov

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 21:49, 23.10.2017.
O'qildi: 6374 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.