Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Akrom Komilov: «OCHL «Bunyodkor»siz zerikarli bo‘ladi»

Akrom Komilov: «OCHL «Bunyodkor»siz zerikarli bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Bu yilgi O‘zbekiston kubogi finalida Toshkentning ikki grandi - «Lokomotiv» va «Bunyodkor» o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Ma’lumot uchun, «temiryo‘lchilar» va «qaldirg‘ochlar» kubok finalida bir bor to‘qnash kelishgan. 2014 yilgi qarama-qarshilikda «Lokomotiv» qo‘shimcha daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozongandi.

Biz ushbu muhim bahs oldidan «Bunyodkor» himoyachisi Akrom Komilovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Akrom, yarim finalda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, «Dinamo»ni mag‘lub etdinglar. Safardagi ishonchli g‘alabaning asosiy omili nimada bo‘ldi?

- Menimcha, biz finalga chiqishni ko‘proq xohlagandik. Barchamiz katta ishtiyoq bilan harakat qildik, maydonning har bir qarichi uchun kurashdik. Eng muhimi, murabbiylarimizning o‘yindan oldin bergan ko‘rsatmalarini bekamu-ko‘st bajardik.

- Murabbiylar qanday ko‘rsatma berishgandi?

- O‘yin oson kechmasligini uqtirib, iloji boricha raqib jamoa futbolchilarini jarima maydonchamizga yaqinlashtirmaslikni so‘rashgandi. O‘ylashimcha, bu vazifani uddaladik va darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik.

- Maydonning holati yaxshimidi?

- Shunchaki, ajoyib edi. Bu borada hech qanday muammo yo‘q. Samarqanddagi stadion chimi mamlakatimizdagi eng yaxshilaridan biri.

- «Bunyodkor» muxlislarida birinchi uchrashuvdagi nursiz durangdan so‘ng xavotir yo‘q emasdi. O‘sha natijani kutilmagan deyish mumkinmi yoki haqiqatan ham o‘yin shunga mos bo‘lganmidi?

- Yo‘q, men biroz boshqacha fikrdaman. Mazkur bahsda g‘alaba qozonishimiz shart edi. Zero, mehmonlar darvozasini ishg‘ol qilish uchun imkoniyatlarimiz juda ko‘p bo‘ldi. Faqat vaziyatlarni golga aylantira olmaslik bizga pand bergandi.

- Javob o‘yini oldidan hadik bormidi yoki maydonga ishonch bilan tushdinglarmi?

- Ikkinchi variant to‘g‘ri. Agar savolingizning birinchi qismi haqida o‘ylaganimizda, aniq mag‘lubiyatga uchrardik.

- Finalgacha bo‘lgan o‘yinlar orasida eng qiyini qaysi?

- Biz uchun har bir bahs murakkab tarzda kechdi. Barcha uchrashuvlarda raqiblar jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi. Ayniqsa, ikki uchrashuvdan iborat kubok bahslarida qaysidir jamoani favorit sifatida ko‘rsatish noto‘g‘ri bo‘ladi.

- Oldinda bitta o‘yin qoldi. Unda g‘alabaga erishgan jamoa uchun OCHL eshiklari ochiladi. Finaldan nimalarni kutyapsiz?

- Albatta, g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Chunki OCHL-2018 «Bunyodkor»siz zerikarli o‘tadi. Shu bois, kubok finalini sabrsizlik bilan kutyapmiz.

Ushbu sovrinni qo‘lga kiritishni har qachongidan ham ko‘proq xohlayapmiz. Jamoamizda mukofot yutmagan yoshlar bisyor. Shunday ekan, barchamizda ishtiyoq kuchli bo‘ladi.

- «Lokomotiv» kubokni osonlikcha boy bermaydi. Raqib jamoa haqida qanday fikrdasiz?

- To‘g‘ri, «Lokomotiv» kuchli klub. Chempionatda ham yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Ammo har qanday holatda ham bizni g‘alabadan o‘zga natija qoniqtirmaydi.

- Sizningcha, ushbu uchrashuvda «Bun­yodkor»ning ustun tomoni nimada?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 04:09, 25.10.2017.
O'qildi: 3487 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.