Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Mo‘ydin Mamazulumov: «Shunchaki o‘z vazifamni bajardim»

Mo‘ydin Mamazulumov: «Shunchaki o‘z vazifamni bajardim»

Baho:
+ | -

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan “Neftchi” hamda “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng farg‘onaliklar hujumchisi o‘z fikrlarini bildirdi.

– Muxlislarga katta rahmat. G‘alaba qozonsak ham mag‘lub bo‘lgan paytlarimizda birdek qo‘llashmoqda. Bugun finalga teng o‘yin edi. Turnir jadvalidagi vaziyatdan xabardorsiz. Shu sabab, xar bir o‘yin biz uchun finalga teng hisoblanadi. Mag‘lubiyat yoki durang borasida esa gap so‘z bo‘lishi mumkin emas.  Yigitlar bilan o‘yindan avval yig‘ilib gaplashdik. Hammamiz birlashib, g‘alaba sari olg‘a borishimiz ta’kidlandi. Mashg‘ulotlardagi mehnatlarimiz o‘z mevasini berdi. Muxlislarga g‘alaba taqdim etganimizdan mamnunman.

Tarkibizda ko‘plab yosh futbolchilar to‘p surdi. Avazbek O‘lmasaliyev, Abror Ismoilov va Abdujamol Ismoilov singari yigitlar shu ruhda davom etishlari kerak. Bunday uchrashuvlar ularni o‘sishi uchun katta ko‘mak beradi.

Agar hozir o‘rnimda yosh hujumchi bo‘lib dubl qayd etganda, uni “sehrli tayoqcha”ga o‘xshatish mumkin edi. Lekin men bugun shunchaki o‘zimni ishimni bajardim xolos. Hujumchi gol urishi kerak. Agar gol urilmasa, jamoa ham g‘alaba qozonmaydi. Bugun hamma yaxshi o‘ynadi. Darvozabondan tortib oldingi chiziqdagi futbolchilar ham birdek  mehnat qilishdi, – dedi Mamazulumov

“Neftchi” matbuot xizmati

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 15:05, 27.10.2017.
O'qildi: 1878 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик