Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Oliy Liga 26-tur uchrashuvlari sarhisobi

Oliy Liga 26-tur uchrashuvlari sarhisobi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 25-27 oktyabr kunlari milliy chempionatimizda 26-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Tur doirasidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlarda muxlislar kutgan va kutmagan natijalar qayd etildi. Quyida tur o‘yinlarining sarhisobini e’tiboringizga havola etamiz.

 

26-turdagi uchrashuvlar:

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) 3:0

“Metallurg” (Bekobod) – “Olmaliq” (Olmaliq) 3:2

“Neftchi” (Farg‘ona) – “Qizilqum” (Navoiy) 2:0

“Navbahor” (Namangan) – “Buxoro” (Buxoro) 1:0

“Paxtakor” (Toshkent) – “Bunyodkor” (Toshkent) 1:0

“Mash’al” (Muborak) – “Nasaf” (Qarshi) 1:2

“Sho‘rtan” (G‘uzor) – “So‘g‘diyona” (Jizzax) 3:1

“Dinamo” bu turda dam oldi.

 

Ta’kidlash joizki, 26-turda jamoalar tomonidan jami 19ta gol kiritildi. Ushbu gollardan bittasi avtogol sifatida qayd etildi. Shuningdek, “Neftchi” – “Qizilqum” bahsida Sherzod Hakimov penaltini aniq amalga oshira olmadi.

O‘tkazilgan 7ta o‘yinning 6tasida mezbonlar zafar quchishdi. “Nasaf” esa bu turda safardan g‘alaba bilan qaytgan yagona jamoa bo‘ldi. Shuningdek, ushbu turda durang natija qayd qilinmaganini e’tirof etish lozim.

 

Stadionlarga muxlislar tashrifi:

“Navbahor” (Namangan) – “Buxoro” (Buxoro) 1:0. 5572 tomoshabin.

“Paxtakor” (Toshkent) – “Bunyodkor” (Toshkent) 1:0. 5251 tomoshabin.

“Mash’al” (Muborak) – “Nasaf” (Qarshi) 1:2. 3837 tomoshabin.

“Sho‘rtan” (G‘uzor) – “So‘g‘diyona” (Jizzax) 3:1. 1752 tomoshabin.

“Neftchi” (Farg‘ona) – “Qizilqum” (Navoiy) 2:0. 1213 tomoshabin.

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) 3:0. 1093 tomoshabin.

“Metallurg” (Bekobod) – “Olmaliq” (Olmaliq) 3:2. 579 tomoshabin.

 

Ushbu turda o‘tkazilgan o‘yinlar ichida Namanganda o‘tgan “Navbahor” – “Buxoro” matchini eng ko‘p ishqiboz stadiondan kuzatdi. Ushbu o‘yinga 5572 nafar muxlis tashrif buyurdi. Eng kam muxlis kelgan o‘yin esa “Metallurg” – “Olmaliq” bahsi bo‘ldi. Bekoboddagi uchrashuvni 579 nafar tomoshabin stadiondan kuzatdi. 

Tur doirasidagi aksariyat o‘yinlar shiddatli ruhda o‘tgani bois hakamlar tez-tez cho‘ntaklaridan kartochka olishga “majbur” bo‘lishdi. 26-turda umumiy hisobda 31 nafar futbolchiga sariq kartochka, 2 nafar o‘yinchiga esa qizil kartochka ko‘rsatildi.

Mazkur turdan so‘ng musobaqa jadvalining yuqori qismida aytarli o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q. “Lokomotiv” jamoasi hamon yakka peshqadamlikni qo‘lda saqlab turibdi. Jadvalning quyi qismida borayotgan “Neftchi” hamda “Sho‘rtan” klublari esa ushbu turda g‘alabaga erishib, muhim 3 ochko qo‘lga kiritishdi.

 

Musobaqa jadvali:

 

KLUB

O‘

G‘

D

M

T-N

O

1

 Lokomotiv

26

19

3

4

57-17

60

2

 Nasaf

26

17

2

7

49-17

53

3

 Paxtakor

26

15

5

6

41-24

50

4

 Bunyodkor

26

12

9

5

35-22

45

5

 Buxoro

26

12

6

8

39-33

42

6

 Qo‘qon-1912

26

11

7

8

36-36

40

7

 Navbahor

26

10

9

7

32-32

39

8

 Mash’al

26

9

8

9

31-29

35

9

 Olmaliq

26

9

8

9

24-27

35

10

 Metallurg

26

10

4

12

38-35

34

11

 Qizilqum

26

7

9

10

27-34

30

12

 Dinamo

26

7

8

11

19-28

29

13

 So‘g‘diyona

26

7

7

12

30-44

28

14

 Sho‘rtan

26

7

2

17

26-45

23

15

 Neftchi

26

5

8

13

21-45

23

16

 Obod

26

2

3

21

15-52

9

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:27, 28.10.2017.
O'qildi: 5107 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.